97
oqibatlarni keltirib chiqargan. Gegemonlik hech qachon umumbashariy rivojlanish ishiga
xizmat qilmagan. Lekin hozirgi nozik davrda uning salbiy ta‘siri yanada yaqqolroq
sezilmoqda. Bugungi kunda G. dunyo taraqqiyoti uchun jiddiy xavf-xatar solayotganiga
e‘tibor qaratishning sababi ham shunda. Zero, G. alohida olingan biron-bir qudratli
siyosiy kuchning manfaatlarini ustuvor darajada bir tomonlama ta‘minlash maqsadiga
qaratilgandir. Bu o‗z navbatida boshqa tomonlarning manfaatlariga zid tushadi va
ularning bir maromda rivojlanishiga putur atkazadi. Bunday adolatsizlik iqtisodiy,
siyosiy va harbiy jihatdan yetarli imkoniyatga ega bo‗lmagan davlatlar, xalqlarning
xalqaro jarayonlarda to‗laqonli ishtirok eta olmasligiga sabab bo‗ladiki, natijada tabiiy
ravishda bunday mamlakatlar xalqlarida gegemonlikka intilgan davlatlarga nisbatan
nafrat va norozilik his-tuyg‗usi kuchayadi va bunday holat dunyo hamjamiyatining
barqaror rivojlanishiga zarar yetkazadi.
Dostları ilə paylaş: