Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   462
LUG\'AT

UCHUN JAZO HAQIDAGI KONVENSIYA
— 1948-yil 9-dekabrda BMT Bosh 
Assambleyasi tomonidan qabul qilingan. Konvensiyaning ishtirokchi davlatlari 
Konvensiyadagi nizomlarni amalga oshirish uchun zarur qonun chiqarish ishlarini 
amalga oshirish, jum., genotsidni bajargan yoki bajarish maqsadida fitnada ishtirok etgan
o‗zgalarni ham bajarishga undagan, genotsidda suiqasdlik uyushtirgan yoki shu 
jamiyatga sherik bo‗lgan shaxslarga qarshi samarali jazo choralarni qo‗llashga 
majburdirlar. 
GEOEKONOMIKA
(geoiqtisodiyot) — atlantist geosiyosatning bir bo‗g‗ini. 
Hududlarni faqat iqtisodiy nuqtai-nazardan talqin qilishga asoslangan, «talassokratik» 
tahlilning asosiy fanlaridan biri. 
GEOGRAFIK DETERMENIZM
— ijtimoiy hayot va siyosiy rivojlanish 
jaroyonlarini mamlakat yoki hududning tabiiy shart-sharoitlari (yer landshafti-tuprog‗i, 
iqlimi, relefi, er osti zaxiralari, shun., daryo, ko‗l, dengiz, okeanlar va b.) va geografik 
joylashuvining o‗ziga xos xususiyatlari bilan bog‗liq ekanligini izohlab beruvchi 
konsepsiyadir. U qadim zamonlarda shakllangan bo‗lib insoniyat jamiyati va tabiat 
o‗rtasidagi o‗zaro aloqadorlik, bog‗liqlikni turli ko‗rinishlarda tasvirlaydi. 
GEOSIYOSAT,
(geografik siyosat) — siyosatshunoslikdagi nazariya. G. termini 
muayyan bir mamlakat o‗rni, tabiiy boyliklari, iqlimi va b. geografik omillarining davlat 
tashqi siyosatiga (geografik-siyosiy strategiyasi va h.k.lar ga) muayyan ta‘sirini ifodalash 
uchun ishlatiladi. G. tushunchasini birinchi bor R.Chellen (Shvetsiya) ilmiy muomalaga 
kiritgan. G. nazariyasi XIX a. oxiri va XX a. boshlarida F.Ratsel (Germaniya), A.Mexen 
(AQSH), X.Makkinder (Buyuk Britaniya) tomonidan ishlab chiqilgan, G.Kissinjer, 
Z.Bjezinskiy (AQSH) va b. tomonidan hozirgi dunyodagi siyosiy jarayonlarga tadbiqan 
rivojlantirilgan. G.ga oid ilmiy qarashlarga davlatning geografik joylashuvi (makoni) 
bilan uning ichki va tashqi siyosati o‗rtasidagi uyg‗unlik prinsipi asos qilib olinadi. 
O‗zbekiston o‗z tashqi siyosatida ma'lum darajada G.ning asosiy tamoyillarini ham 
hisobga oladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin