100
GIMN
(yun.
hymnos
) — tantanavor qo‗shiq, she'r. Yunonistonda dastlab afsonaviy
xalq qahramonlari, xudolar sha'niga maqtovlar (hamdlar) tarzida vujudga kelgan.
Keyinchalik shaxslar,
davlatlar, voqea va hodisalarga ham bag‗ishlangan G.lar paydo
bo‗lgan. (q. Davlat madhiyasi, Madhiya).
GINEKOKRATIYA
(yun.
qune
–
ayol va
kratos
–
hokimiyat) — ayollar
hokimiyati. Jamiyat taraqqiyotining xo‗jalikda, ijtimoiy
va siyosiy hayotda ayollar
hukmronligidan iborat bosqichi. Fanda ko‗pincha matriarxat termini ishlatiladi.
GIPOTETIK
(yun.
hypothetikos
– taxminiy) — faraz va taxmin qilingan.
GIPOTEZA
(yun.
hypothesis
–
asos, taxmin) – hodisalarning qonuniy (sababli)
bog‗lanishi to‗g‗risidagi taxm. mulohaza, faraz. G. ilmiy bilishni rivojlantirish uchun
asos bo‗ladi. G.ning mantiqiy jihatdan tahlil qilish (taqqoslash,
analiz va sintez,
mavhumlashtirish va umumiylashtirish) asosida bevosita bilimga o‗tish, sababiy
bog‗lanish asosida qonuniyatlarni ochish kabi bosqichlari bor. Umumiy G. bir guruh
hodisalar, jarayonlar xususiyati va sababi to‗g‗risidagi, xususiy G. alohida,
yakka
hodisalar, jarayonlar sababi to‗g‗risidagi taxmindir. Har qanday G. tekshirishni talab
qiladi. Natijada uning ehtimolligi ortadi yoki kamayadi, haqiqatligi isbotlanadi
yoki rad
etiladi. Yangi faktlarni eski nazariyalar bilan izohlash mumkin bo‗lmaganda, cheklangan
miqdordagi faktlar va kuzatishlarni izohlashda G.ga ehtiyoj tug‗iladi. U keyingi
bilimlarga, tekshirishlarga yo‗l ochadi, yangi nazariyalar esa yana boshqa G.ni tug‗diradi.
G. bilish jarayonining ajralmas qismi sifatida muhim ahamiyatga egadir.
GLOBAL
(fr
.
global
–
umumiy, lot.
globus
–
shar) — 1) butun yer sharini qamrab
oluvchi; 2) har tomonlama, to‗liq, yalpi, universal.
GLOBAL INQIROZ
— globallashuvning salbiy jarayonlari sistemasi.
Globallashuv jarayoni o‗ziga xos xususiyati shundaki,
dunyoning qaysi chekkasida
qanday bir voqea-hodisa yuz bersa, bu obyektiv jarayon jahonning boshqa chekkasida
ham tezda aks sado beradi .
Dostları ilə paylaş: