Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   462
LUG\'AT

HARBIY KOMISSARLIK
— sho‗ro lar davrida harbiy safarbarlik va umumiy 
harbiy xizmatga chaqirish, zaxiradagi harbiylarni hisobga olish ishlari bilan 
shug‗ullanuvchi mahalliy harbiy boshqarish organi. O‗zbekiston Respublikasida H.k. 
o‗rniga Mudofaa ishlari boshqarmasi (viloyat) va bo‗limlari (shahar va tuman) tuzilib, 
uning asosiy vazifasi: harbiy safarbarlikka tayyorlash va o‗tkazish, aholi va xalq xo‗jaligi 
resurslarini hisobga olish, yoshlarni harbiy xizmatni o‗tashga tayyorlash va b. mudofaa 
tadbirlarini amalga oshirishdan iborat. Unga O‗zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 
Bosh shtabi va harbiy okrug qo‗shinlari qo‗mondonlari rahbarlik qiladi. 
HARBIY KOMMUNIZM
— Sovet hokimiyati 1919-yildan boshlab mamlakatda 
«harbiy kommunizm» siyosatini joriy etdi. Uning mazmunini oziq-ovqat razvyorstkasi 
deb atalgan tartib joriy etilganligi tashkil etdi. Oziq-ovqat razvyorstkasi – bu 
dehqonlarning o‗zlaridan ortiqcha qishloq xo‗jalik mahsulotlarining hammasini davlatga 
majburiy tartibda topshirishidir. Davlatga g‗alla och qolayotgan shahar aholisini (Sovet 
hokimiyatining asosiy tayanchi bo‗lgan ishchilarni) va qizil armiyani non bilan 
ta‘minlash uchun zarur edi. «Harbiy kommunizm» – bu xususiy savdoning batamom 
taqiqlanishi, pulning bekor qilinishi, oziq-ovqat mahsulotlarini tenglik tamoyili asosida 
taqsimlash, faqat yirik va o‗rta sanoatgina emas., hatto-mayda sanoatni ham 
milliylashtirish, boshqaruvning o‗ta markazlashtirilishi ham edi. Bu iboradagi «harbiy» 
so‗zi - bu siyosatning fuqarolar urushi va harbiy intervensiya davrida qo‗llanilganligini 
anglatadi. «Kommunizm» so‗zi esa 1919-1921-yillarda Sovet Rossiyasida marksizm-
leninizm ta‘limoti tasavvuridagi kommunizmga xos quyidagi xususiyatlar amal 
qilganligini anglatadi: savdoning tugatilganligi; pulning bekor qilinganligi, binobarin
mehnat uchun pul to‗lanmasligi; aholiga iste‘mol mollarini taqsimlab berishning amal 
qilishi; barcha xizmat turlarining tekinligi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin