Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   462
LUG\'AT

GVARDIYA
(ital. – 
guardia
) — harbiy qo‗shinning saralangan imtiyozli qismi. G. 
dastlab, Italiyada XII a.da paydo bo‗lib, davlat bayrog‗ini qo‗riqlovchi sara askariy qism 
(karochchio)ni anglatgan. Muntazam qo‗shinlar (asosan yollanma askarlardan tuzilgan) 
vujudga kelishi bilan ichki (hukmdorni qo‗riqlovchi) va tashqi (jangovar maqsadlarda) 
harbiy qismga bo‗linib, boshqa qismlarga nisbatan qurol-yarog‗i, kiyimi va ta'limi yaxshi 
bo‗lgan. Keyinchalik Fransiya (XV a. boshi), Angliya, Shvesiya, Rossiya, Prussiya (XVII 
a.) va b. mamlakatlarda paydo bo‗lgan. Rossiyada G. (leyb-G.) XVII a. 90-yillarida Pyotr 
I tomonidan tuzilgan (1918-yil bekor qilingan). II jahon urushi yillari (1939-45) sovet 
qurolli kuchlarining janglarda o‗rnak ko‗rsatgan qismlari, kemalari, qo‗shilma va 
birlashmalariga G. unvoni berilgan. G. Mazmunidagi askariy qism O‗rta Osiyo xalqlarida 
ham qadimdan mavjud bo‗lgan. Mas., Somoniylar davlatida turk g‗ulomlaridan iborat 
qism, Chingizxon va Amir Temur qo‗shinida bahodirlar qismi. O‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-yanvardagi qaroriga binoan respublika Qurolli 
Kuchlarining tarkibiy qismida – Milliy gvardiya tuzilgan. 


104 

HARBIY BAZA
maxsus jihozlangan, strategik jihatdan qulay hudud; undagi 
jangovar va kundalik faoliyat uchun zarur qurol, o‗q-dori, oziq-ovqat zaxiralari va b. 
moddiy vositalar bilan joylashgan qo‗shinlar. H.b.lar raketa, aviatsiya, harbiy dengiz va 
umumiy maqsaddagi bazalarga bo‗linadi. Bugungi kunda ko‗pgina yirik davlatlar turli 
mamlakatlarda o‗z H.b.lariga ega. 
HARBIY BLOK
— davlatlarning umumiy siyosiy, iqtisodiy va harbiy vazifalarni 
hal etish uchun birgalikda harakat qilish maqsadida tuzgan harbiy-siyosiy ittifoqi yoki 
shartnomasi. H.b.lar tuzish jahonning ikki qutbga bo‗linishi sharoitida avj olgandi. 
AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti
 
(NATO) tuzilgan bo‗lsa, sobiq SSSR va uning ittifoqchilari Varshava shartnomasi harbiy 
blokini tashkil qilgandilar (1955-yil 14-may). Bu hol o‗sha paytda har ikki qutb orasida 
ziddiyatning keskinlashishiga olib keldi. Sotsialistik tizim emirilishi bilan SSSR
Albaniya, Bolgariya, Vengriya, GDR, Polsha, Ruminiya va Chexoslovakiya davlatlari 
a‘zo bo‗lgan Varshava shartnomasi o‗z-o‗zidan barham topdi (1991-yil 1-iyul). Janubi-
sharqiy Osiyo davlatlarining bir qismini birlashtirish maqsadida 1954-yil Manila 
(Filippin) shahrida AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya
Tailand, Filippin va Pokiston vakillari tomonidan imzolangan SEATO (Janubi-sharqiy 
Osiyo shartnomasi tashkiloti) harbiy blokini esa 1975-yil sentabrda tarqatib yuborishga 
qaror qilingan. Yaqin va O‗rta Sharqdagi harbiy siyosiy tashkilot – SENTO (Markaziy 
shartnoma tashkiloti) tuzilganda (1955) unga Buyuk Britaniya, Turkiya, Iroq, Eron va 
Pokiston a‘zo bo‗lib kirgan edi. Bu tashkilot 1979-yil avgustda o‗z faoliyatini to‗xtatgan. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin