121
tushuncha jamiyatni tashkil etuvchi guruhlar munosabatlaridagi doimo mavjud bo‗luvchi
nomuvofiqlikni harakterlaydi.
IJTIMOIY STRUKTURA
— ijtimoiy tuzum tarkibiy qismlari o‗rtasidagi barqaror
va tartiblashgan aloqalar tarmog‗i. Ijtimoiy guruhlar munosabatlari, mehnat taqsimoti,
ijtimoiy tartibotlar (davlat va b.) xususiyati bilan belgilanadi. Aholining I.s.si, shun.,
uning kasb-hunar, milliy, jins, yosh, madaniy va b. belgilari bo‗yicha bo‗linishini ham
o‗z ichiga oladi. I.s. ijtimoiy hayot xususiyatini o‗zida ifoda etib, jamiyatni tashkil
etuvchi elementlar o‗rtasidagi munosabatlarni aks ettiradi.
IJTIMOIY TASHKILOT
—
quyidan yuqoriga ichki tashkiliy tuzilmalarga ega,
hamda qayd etiluvchi individual yoki guruhiy a‘zoligi mavjud fuqarolarning ko‗ngilli
ittifoqi, uyushmasidir.
IJTIMOIY TUZUM
— jamiyatning muayyan taraqqiyot bosqichiga xos bo‗lgan
ijtimoiy munosabatlar tizimi. I.t. jamiyatda qanday ijtimoiy munosabatlar amal kilishini
aks ettiradi. Jamiyat odamlar va ular o‗rtasidagi munosabatlardan tashkil topadi. Har
qanday I.t. asosida iqtisodiy munosabatlar yetakchi rol o‗ynaydi. Ijtimoiy munosabatlar
va uning boshqa shakllari bir-birini to‗ldirib, yaxlit tizimni tashkil etadi. I.t. tushunchasi
jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar qanday rivojlanganligini ko‗rsatuvchi tushunchadir.
Ijtimoiy munosabatlar qanchalik rivojlangan bo‗lsa, ishlab chiqarish, texnika va
texnologiya ham shunchalik rivojlangan bo‗ladi, bu esa, o‗z navbatida, ijtimoiy
taraqqiyotning yuksalish darajasini belgilaydi. I.t.ning ravnaqi ijtimoiy munosabatlarning
rivojlanishiga bog‗liq bo‗lsa, jamiyatning holati undagi ijtimoiy munosabatlar tizimiga
bog‗liqdir. Ijtimoiy munosabatlarning ravnaqi, o‗z navbatida, ishlab chiqaruvchi
kuchlarning, texnika va texnologiyaning rivojlanishiga sabab bo‗ladi. Demak, jamiyat
taraqqiyoti I.t. taraqqiyoti bilan chambarchas boglangandir. Hozirgi paytda
O‗zbekistonda bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik ijtimoiy munosabatlarni
ifodalovchi I.t. qaror topmoqda.
Dostları ilə paylaş: