124
lekin kichik partiyalarning davlat boshqaruvida ishtiroki uchun imkon qoldirmaydi.
Fransuz politologi J.L.Shabo turkumlashuviga ko‗ra mukammal ikki partiyaviy tizim va
nomukammal (ikki yarim) partiyaviy tizimlar ajratiladi.
IKKINCHI JAHON URUSHI
(1939-1945) — Germaniya,
Italiya va
Yaponiyaning aybi bilan boshlangan jahon tarixidagi eng yirik urush. XX a. fojiasi
sifatida insoniyat tarixiga kirdi. Bu urushning kelib chiqishida asosiy rolni fashistlar
Germaniyasi o‗ynadi. 1939-yil 1-sentabrda Germaniya Polshaga bostirib kirdi va I.j.u.ni
boshlab berdi. 3-sentabrda Angliya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush e‘lon qildi.
SSSR 1939-yil 17-sentabrda Polsha hududiga qo‗shin kiritdi. G‗arb
mamlakatlari
(Angliya, Fransiya, AQSH) hukmron doiralarining «kelishtirish» siyosati Avstriyani
(1939-yil mart), Chexoslovakiyani (1939-yil mart) Germaniyaga qo‗shib
olinishiga va
Myunxen bitimiga (1939-yil sentabr) yo‗l ochib berdi. 1945-yil 2-mayda sovet
qo‗shinlari Berlinni ishg‗ol qildi. A. Gitler o‗zini o‗ldirdi. 8-mayda Berlin yaqinidagi
Karlsxorstda Germaniya oliy qo‗mondonligi vakillari
fashistlar Germaniyasining
ikkinchi jahon urushida so‗zsiz taslim bo‗lganligi haqidagi hujjatga imzo chekdi.
Manjuriyadagi yapon qo‗shinlari sovet armiyasi tomonidan tor-mor qilingach, Yaponiya
1945-yil 2-sentabrda so‗zsiz taslim bo‗lganligi haqidagi hujjatga qo‗l qo‗ydi. Shu tariqa
I.j.u.ga yakun yasaldi. I.j.u.ga jami 72 davlat jalb etildi. Urushda ishtirok qilgan
mamlakatlarning 110 mln. aholisi unga safarbar etildi. Harbiy harakatlar 40 davlat
hududida bo‗lib o‗tdi, barcha xarajatlar 4 trillion dollarni tashkil etdi. Urush davomida 62
mln. kishi (shu jum. 27 mln. SSSR fuqarosi) halok bo‗ldi.
IMIJ
(ing.
image
, lot.
imago
– timsol, ko‗rinish) — shaxs, hodisa,
narsaning
ommalashtirish, reklama qilish va h.k. maqsadlarda odamlarga hissiy-ruhiy ta‘sir
ko‗rsatishni ko‗zlab shakllantiriladigan qiyofasi; targ‗ib qilish vositalaridan biri (mas.,
siyosiy arbob I.i).
Dostları ilə paylaş: