Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   462
LUG\'AT

IMIJIOLOGIYA 

 
tadbiqiy politologiyadagi ilmiy-amaliy yo‗nalish. U kishilar 
ongida siyosiy yetakchi siymosi shakllanishi va ta‘siri qonuniyatlarini o‗rganadi. 
IMITATSIYA 
(lot. imitatio – taqlid) — 1) biror narsaga taqlid qilish, o‗xshatma; 
IMMANENT (
lot. biror narsaga xos) — biror narsa, hodisa, jarayonga ichki xos 
xususiyat. 
IMMIGRANTLAR 
(lot. 
immigrans
– ko‗chib keluvchi) — bir davlatdan boshqa 
bir davlat hududiga doimiy yoki uzoq vaqt istiqomat qilish uchun ko‗chib kelgan 
fuqarolar. Ular iqtisodiy, siyosiy yoki diniy sabablarga ko‗ra ko‗chib kelishi mumkin. 
Davlatlarning ko‗pchiligi avvaldan ruxsat olish sharti bilan I. ning o‗z hududidan ko‗chib 
kelishiga yo‗l qo‗yadi. Ayrim mamlakatlarda, mas., AQSHda I. haqida qonunlar 
chiqarilgan, shun., immigratsiyaga oid kvotalar belgilangan. 
IMMIGRATSIYA 
(lot. joylashadigan, ko‗chib kirmoq) — boshqa davlatlar 
fuqarolarining biron mamlakatga vaqtincha yoki doimiy yashash uchun kelishi. I.ga 
asosan siyosiy va iqtisodiy omillar sabab bo‗ladi. Dunyoning immigrantlar boradigan 
ko‗p mamlakatlarida maxsus immigrantlik kvotalari joriy etilgan. Anu shu kvotalar 
doirasida chet el fuqarolarining har yilgi oqimi tartibga solib turiladi.
IMMUNITET 
(lot
. immunitas
– biron narsadan xalos, ozod bo‗lish, qutulish) — 1) 
biror narsadan ozod etish, qutqarish. 2) Biron davlatning boshqa davlat hududida bo‗lgan 
organlari yoki fuqarolarni anashu davlat yuridiksiyasidan ozod qilish. I. Xalqaro hayotda 


125 
muhim amaliy rol o‗ynaydi va hozirgi zamon xalqaro huquqining hamma tomonidan 
e‘tirof etilgan institutidir. q. Diplomatik immunitet; Konsullik immuniteti. 
IMOMLIK
, imomat (arab. boshqarmoq) — 1) musulmon teokratik davlatining 
umumiy nomi. Islom evolyutsiyasi jarayonida I. haqidagi tasavvur ham o‗zgarib borgan. 
Ilk islomda Muhammad (sav) va xalifalar musulmonlar jamoasida ma‘muriy hokimiyat 
va diniy rahnamo(imom)likni birga qo‗shib olib borgan. Keyinchalik xalifalar 
hokimiyatida ma‘muriy rahbarlik asosiy o‗rin egallagan. Diniy hokimiyat – I. esa 
nomigagina saqlanib qolgan. Shia mazhabida I. faqat Muhammad (sav) avlodidan 
bo‗lgan (Ali va Fotima avlodlari) shaxsning diniy va ma‘muriy hokimiyati hisoblangan; 
2) Dog‗iston va Chechenistonda muridlar davlati, XIX a.ning 20-yillari oxirida 
chorizmning mustamlakachilik siyosatiga qarshi Shimoliy Kavkaz xalqlarining kurashi 
davrida paydo bo‗lgan. Imomlari: G‗ozi Muhammad (1828-1832), Hamzatbek (1832-
1834), Shomil (1834-1859); 3) namoz vaqtida jamoat oldida turib ibodatni boshqarish, 
imomlik qilish. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin