132
INTERPRETATSIYA
—
talqin qilish, sharxlash; biror narsani muayyan nuqtai
nazardan talqin qilish, tushuntirish, qarab chiqish (mas., qonun moddasini talqin qilish)
INTERVENSIYA
(lot
. interventio
– aralashuv) — bir yoki bir necha davlatning
boshqa bir davlat ichki ishlariga zo‗rlik bilan aralashuvi, uning hududiy yaxlitligi yoki
siyosiy mustaqilligiga qarshi qaratilgan harakatlari. Bunday harakatlar BMT ustavi bilan
man qilingan. Harbiy (qurolli), iqtisodiy, siyosiy I. bo‗lishi mumkin. Qurolli I. agressiya
sifatida baholanadi. Bundan tashqari, intervent davlatlar soniga qarab alohida bir
davlatning yoki bir necha davlatning I.si bo‗ladi, shun., chet el davlati hududiga qurolli
kuchlar oshkora bostirib kirishi va yashirin, pinhona tarzda kirishi ham mumkin. Xalqaro
huquqda I.ning har qanday ko‗rinishi va shakllari taqiqlangan.
INTERVYU
(ing.
iterview
) — siyosiy, jamoat yoki biron bitr boshqa arbobning
jurnalist bilan e‘lon qilish uchun mo‗ljallangan suhbati. Odatda, I. jurnalistlar bergan
savollardan va bu savollarga javoblardan iborat bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: