IQTISODIY HAMKORLIK VA TARAQQIYOT TASHKILOTI ,
Organisation for Economic Cooperation and Dovelopment (OECD) — Yevropadagi davlatlar
birlashmasi. 1948-yilda AQSH tashabbusi bilan Yevropani tiklash bo‗yicha Amerika
iqtisodiy va moliyaviy yordamini (Marshall rejasi) oqilona ishlatish va shu yordamni
oladigan Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik qilish maqsadlarida tuzilgan Yevropa
iqtisodiy hamkorlik tashkiloti vorisi tarzida tashkil topdi. Bu tashkilotni tuzish to‗g‗risida
konvensiya 1960-yil 14 dekabr kuni Parijda imzolanib, 1961-yil 1-oktabrdan kuchga
kirgan. Tashkilotda 34 mamlakat – Avstraliya, Avstriya, AQSH, Belgiya, Buyuk
Britaniya, Niderlandiya, Gretsiya, GFR, Daniya, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya,
Kanada, Lyuksemburg, Norvegiya, Portugaliya, Turkiya, Fransiya, Finlyandiya,
Shveytsariya, Shvetsiya, Yaponiya, Yangi Zelandiya va b. qatnashadi. Tashkilotga a‘zo
davlatlarning rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko‗rsatish, davlatlar mintaqasida
a‘zodavlatlar siyosatini muvofiklashtirish nuli bilan iqtisodiy va ijtimoiy barkarorlikni
ta‘minlashga hissa qo‗shadi. Tashkilot faoliyatiga tashkilotda qatnashuvchi
mamlakatlarning vakillaridan iborat kenash rahbarlik qiladi. Tashkilot idorasi Fransiya
(Parij)da joylashgan.
IQTISODIY HOKIMIYAT —
iqtisodiy imkoniyatlar, moddiy boyliklar ustidan
nazoratdir. I.h.ga quyidagi tarkibiy qismlarni birlashtirish orqali erishiladi:
moliyavny
qudrat, axborot ta‘siri, moliyaviy ittifoq tarkibida o‗z o‗rnini to‗g‗ri aniqlash, davlat bilan
aloqalarning (korrupsiya emas) mavjudligi va kuch bosimi mavjudligi.
IQTISODIY HUQUQ VA ERKINLIKLAR — insonning iqtisodiy sohadagi
yuridik imkoniyatlarini belgilovchi konstitutsiyaviy huquqlar majmui. Mazkur
imkoniyatlarning xarakteri va mohiyati pirovard oqibatida muayyan jamiyatdagi
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tuzumni belgilab beradi. Hozirgi demokratik davlatlarda
asosiy I.h. va e. sirasiga xususiy mulkchilik huquqi, jum., yerga va aqliy mehnat
mahsulotlariga xususiy mulkchilik huquqi, meros huquqi, erkin tadbirkorlik (xo‗jalik
sohasida tashabbuskorlik) huquqi, mehnat huquqi va mehnatga oid boshqa huquqlar,
xususan ishsizlikdan muhofaza qilinish, korxonani boshqarishda ishtirok etish va h.k.
kiradi.