Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   462
LUG\'AT

IQTISODIY VA IJTIMOIY KENGASHI 
— BMTda 1946-yilda tuzilgan. 54 
mamlakat a‘zo. Bosh Assambeliya tomonidan har yili Xavfsizlik Kengashi davlatlari 
navbati bilan rahbarlikka saylanadi. Vazifasi – BMTning mintaqviy tashkilotlari va b. 
tashkilotlari faoliyatiga ko‗maklashish, shun., BMTning maqsadi va vazifalarini targ‗ib 
qilishga va da'vat qilishga ko‗maklashadi. 
IQTISODIY XAVFSIZLIK
—davlatning iqtisodiy manfaatlari va suverenitetini 
iqtisodiy sanksiyalar, to‗siqlar orqali amalga oshiriladigan iqtisodiy diskriminatsiya va 
diktatlardan himoyalanganligi tushuniladi. Undan tashqari, iqtisodiy xavfsizlik deganda, 
davlatning iqtisodiy manfaatlari tizimini qayta qurish davrida va iqtisodiy beqaror 
vaziyatlar oqibatida vujudga keladigan xavflardan himoyalanish holatiga aytiladi.
IQTISODIYOT 
— kishilar tomonidan mehnatni qo‗llagan holda inson uchun 
zaruriy bo‗lgan ne‘matlar, hayot sharoitlari va vositalarini yaratish orqali tirikchilikni 
ta‘minlash, ehtiyojlarni qondirishda foydalaniladigan xo‗jalik, vositalar, obyektlar, 
jarayonlar majmui. Ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot, iste‘mol sohasidagi ijtimoiy 
munosabatlarni qamraydi. 
IRQ 
(ar. ildiz, tomir) — kishining tana tuzilishi,tashqi qiyofasi (teri, ko‗z va 
sochining rangi, bo‗y-basti, yuz tuzilishi bosh suyagining shakli)ga qarab guruhlarga 
ajratish. Odatda uchta katta irq ajratiladi: evropoid, mongoloid, negroid.
IRQCHILIK 
— irqiy kamsitish siyosati. Inson irqlarining jismoniy va ruhiy 
jihatdan har xilligi, irqiy tafovutlarning jamiyat tarixi va madaniyatiga qal qiluvchi 
ta‘siri, odamlarning azaldan oliy va past irqlarga ajratilganligi haqidagi qoidalarga 
asoslanadi. Shu da‘volarga ko‗ra, oliy irq»lar go‗yo boshqa irklar ustidan hukmronlik 
qilishga da‘vat etilgan, sivilizatsiyaning birdan-bir bunyodkorlaridir, past irklar esa 
yuksak madaniyatni yaratishga va uni hatto o‗zlashtirishga xam qobiliyatsizdir. Fransuz 
J. A. Gobino XIX a. o‗rtalarida birinchi bor I. g‗oyasini surib, oriylarni «oliy irq» deb 
e‘lon qiladi. I. fashizmning rasmiy mafkurasiga aylangan. Irqiy kamsitish, kishilarning 
biron-bir guruhini irqiy va etnik alomatiga ko‗ra majburan ajratish hamda aparteidni 
oklashda I. dan foydalaniladi. I. sionizm bilan hamohang. I. xalqaro xamjamiyat 
tomonidan qabul qilingan bir qancha hujjatlarda, jum., irqiy kamsitishning barcha 
shakllarini tugatish to‗g‗risidagi xalqaro konvensiyada keskin qoralangan. O‗zbekiston 
Respublikasi 1995-yil 31 avgustda mazkur Konvensiyaga qo‗shilgan. 


136 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin