133
Yaponiyada – 50%; davlat ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar va xizmatlarni ishlab
chiqarishni (avtomagistrallar, kutubxonalar, muzeylar, politsiya va o‗t o‗chiruvchilar
xizmati), biznesda davlatning alohida manfaatlari sohasining mavjudligini ta‘minlaydi;
aholini bozor iqtisodiyotining zararli oqibatlaridan a.aydi (odamlar sog‗lig‗i, hayot
sharoitlari, ekologiya, milliy xavfsizlik). Buning uchun
quyidagi mexanizmlarni
qo‗llaydi: soliq siyosati, mahsulot sifatini nazorat etish; ishga yollashning standart
shartlarini tartibga solish; ish haqqining kafolotlangan minimumini belgilash; atrof
muhitni himoya etish; eksport uchun
kvotalar ochish; ayrim tovarlarni mamlakatga olib
kirish yoki mamlakatdan olib chiqishga cheklovlar qo‗yish; inqirozlar davrida davlat
tadbirkorlik faoliyatining renimatori (jonlantiruvchisi) bo‗lib-maydonga chiqadi. Budjet
va monetar siyosat orqali davlat ishlab chiqarish o‗sishini, ishsizlik kamayishini,
inflyatsiya sekinlashishini nazorat qiladi; davlat tadbirkorlik faoliyatining qonuniy-
huquqiy kafolotlarini va tadbirkorlik uchun shart-sharoitlarni yaratadi, ya‘ni idealda
davlat va tadbirkolar – hamkor sifatida qaralishi kerak.
Bu quyidagi huquqlarni
ta‘minlanishida namoyon bo‗ladi: – tadbirkorlik subyektlarining bozorga chiqishi va
faoliyati uchun teng imkoniyatlarning yaratilishi; – tadbirkorlarning manfaatlari va
huquqlarini huquqiy va ijtimoiy himoyasi tizimini yaratish, davlat, boshqarv organlari,
mansabdor shaxslar tomonidan ularning kamsitilishiga yo‗l qo‗ymaslik; – tadbirkorlik
faoliyatini olib borish, xususiy korxonalar tashkil etish, ularning faoliyat yuritishi uchun
jihozlar va uskunalar
sotib olish huquqi orqali; – tadbirkorlar o‗z faoliyatlari sohasini
erkin tanlashi imkoniyatlari yaratilishi orqali.
Dostları ilə paylaş: