Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   462
LUG\'AT

ISLOHOTCHI YETAKCHI
— amerikalik politolog Robert Taker siyosiy 
yetakchilikning ajratib ko‗rsatgan uch turidan biri. I.e. hokimiyat tarkibini keng qamrovli 
islohotlar vositasida tubdan o‗zgartirishga intiladilar. 
ISLOM 
(arab. bo‗ysunish, itoat etish, o‗zini Alloh irodasiga topshirish) — jahonda 
keng tarqalgan uch dindan (buddizm va xristianlik bilan bir qatorda) biri. I. diniga e‘tiqod 
qiluvchilar arabcha «muslim» («sadoqatli»; ko‗pligi «muslimun») deb ataladi. «Muslim», 
«muslimun» so‗zining boshqa xalqlar orasida o‗zgacha talaffuz etish natijasida bu dinga 
e‘tiqod qiluvchilar turli nom bilan ataladi. Lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi 


137 
keng tapqalgan. Jahonda qariyb 1,2 mlrd.dan ortiq kishi I.ga e‘tiqod qiladi. 
Musulmonlarning 2/3 qismidan ko‗prog‗i Osiyoda yashaydi va bu qit‘a aholisining 20% 
idan ortiqrog‗ini tashkil etadi. Qariyb 30% musulmonlar Afrikaga to‗g‗ri keladi (qit‘a 
aholisining deyarli yarmi). Dunyoda musulmon jamoalari mavjud bo‗lgan 120 dan ortiq 
mamlakatdan 40 dan ziyodida musulmonlar aholining ko‗pchiligini tashkil qiladi. I. VII 
a.da Hijoz (G‗arbiy Arabiston) da paydo bo‗ldi. Uning asoschisi Muhammad (sav)dir. 
Muqaddasi kitobi Qur‘on. I.ning asosiy aqidasi - «Allohdan boshqa iloh yo‗q va 
Muhammad uning rasuli». I. dini 5 «asos» yoki «ustun»ga ega: 1) kalima keltirish; 2) 
namoz o‗qish; 3) ro‗za tutish; 4) zakot berish; 5) imkoniyat topilsa haj qilish. 
ISLOM AQIDAPARASTLIK 
— mutloq haqiqatni da‘vo qilib, har qanday o‗zga 
diniy va dunyoviy g‗oyalarni, qarashlarni, ijtimoiy, milliy qadriyatlarni, madaniyatni rad 
etadigan mafkura. XX a.ning 60-yillaridan boshlab bir qator arab mamlakatlarida (Mas.: 
Misr, Saudiya Arabistoni, Suriya, Liviya, Jazoir kabi) qonli to‗qnashuvlarni keltirib 
chiqardi. Afg‗oniston, Tojikistonda fuqarolar urushini avj oldirdi. Aqidaparastlar hozir 
ham turli mamlakatlarda millatlar, turli dinlarga e‘tiqod qiluvchi kishilar o‗rtasida nizolar 
keltirib chiqarishga urinmoqdalar. Islom dini aqidaparastlari «sof islom» ilmiy-texnik va 
ijtimoiy taraqqiyot yutuqlaridan voz kechish g‗oyasini ilgari suradilar. Ularning asosiy 
maqsadi: Qur‘oni Karim va hadislarda ko‗rsatilmagan har qanday milliy, zamonaviy urf-
odatlar, qadriyatlar va qarashlarni, demokratik tamoyillarga asoslangan ijtimoiy 
taraqqiyot yo‗lini inkor etib, faqat islom dini aqidalarigagina asoslangan «islomiy 
taraqqiyot» yo‗lini joriy etishdan iborat. Vahhobiylik, «Musulmon birodarlari» tashkiloti, 
«Hizbut-tahrir», «Hizbulloh», «Islom ozodlik partiyasi» kabi diniy-ekstremistik 
tashkilotlar islom aqidaparastligi mafkurasiga asoslangan. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin