Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   462
LUG\'AT

 
JAHON HAMJAMIYATI
— jahonda mavjud davlatlarning hozirda insoniyat 
oldida turgan global muammolarni hamkorlikda hal qilishda, umumiy maqsad yo‗lida 
faoliyat ko‗rsatishda birligini anglatuvchi tushuncha. J.h. barcha davlatlarning suveren 
tengligi xalqaro huquqiy tamoyiliga asoslangan. J.h. xalqaro huquqda tashkilot 
hisoblanmaydi. J.h.ni aks ettiruvchi universal tashkilot – Birlashgan Millatlar 
Tashkilotidir. 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
17-moddasida 
belgilanishicha, «O‗zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‗la huquqli 
subyektidir». O‗zbekiston Respublikasi o‗zini J. h.ning bir qismi, deb biladi, u insoniyat 
oldida turgan muammolarni hal qilishda faol ishtirok etadi. 
JAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI
— xalqaro hukumatlararo 
tashkilot, BMTning ixtisoslashgan muassasasi (1974-yildan). Sanoat mulkini muhofaza 
qilish Parij uyushmasiga a‘zo davlatlar, Adabiyot va san‘at asarlarini muhofaza qilish 
Bern uyushmasi va b. ayrim ixtisoslashgan uyushmalarning diplomatik konferensiyasi 
(Stokgolm, 1967)da qabul qilingan konvensiyaga muvofiq tuzilgan. J.i.m.t.ning maqsadi 
davlatlar va xalqaro tashkilotlarning hamkorligi orqali intellektual mulkini muxofaza 
qilishga ko‗maklashish, yuqoridagi uyushmalarning samarali faoliyat olib borishini 
ta‘minlashdan iborat. J.i.m.t.ga 148 mamlakat (2015 y), shu jum. O‗zbekiston 
Respublikasi (1991-yil 25 dekabrdan) a‘zo. Tashkilotning oliy organi – Bosh 
assambleya; ma‘muriy organi – Xalqaro byuro. Qarorgohi – Jeneva shahrida joylashgan. 
JAHON METEOROLOGIYA TASHKILOTI (JMT)
xalqaro tashkilot
meteorologik tadqiqotlar va kuzatishlar bo‗yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga 
yordam ko‗rsatish hamda milliy meteorologik va gidrometeorologik xizmatlar ishini 
muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi. 1947-yil sentabrda BMT huzurida tashkil etilgan. 
JMTga a‘zo mamlakatlar va hududlar soni 191 tani tashkil etadi (2013), O‗zbekiston 
Respublikasi 1992-yil 23 dekabrda a‘zolikka qabul qilingan. JMTning oliy organi Jahon 
meteorologiya Kongressi bo‗lib, 4 yilda bir marta chiqariladi. Ijroiya qo‗mitasi 24 milliy 
xizmat direktorlaridan tashkil topgan va har yili kamida bir marta yig‗ilish o‗tkazadi. 
JMTning 6 mintaqaviy uyushmasi (Afrika, Osiyo, Janubiy Amerika, Shimoliy va 
Markaziy Amerika, Tinch okeanning janubi-g‗arbi, Yevropa) yirik geografik 
mintaqalardagi xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtiradi. JMTning doimiy ishlaydigan 
organi – kotibiyat Jeneva (Shveytsariya)da joylashgan. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin