K KADRLAR (fr.
cadre – shaxsiy tarkib) — 1) korxona, muassasa, firma, hissadorlik
jamiyatlari, banklar, kasaba uyushmalari va jamoat tashkilotlarida malakali xodimlarning
asosiy tarkibi. O‗zbekistonda mustaqillikdan so‗ng K. tayyorlash O‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi asosida amalga oshirilib, bir butun uzluksiz tizimda olib
boriladi.
KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI —
O‗zbekiston
Respublikasining kadrlar tayyorlash milliy dasturi – 1997-yil 29-avgustda O‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan
qabul qilingan. Dasturning maqsadi ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‗tmishdan
qolgan mafkuraviy qoliplardan to‗la xalos etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning
rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi, yuksak ma‘naviy va axloqiy talablariga
javob beruvchi milliy tizimini yaratishdan iborat.
KAFOLAT (fr. ta‘minot) — insoniyatning, jamiyatning demokratiya va huquqiy
davlat tomon rivojlanish jarayonida qo‗lga kiritgan yutuqlaridan biri. Demokratik
huquqiy davlat inson, tashkilot va ommaviy harakatlarning huquqlarini konstitutsiyada va
b. davlat hujjatlarida e‘lon qilish bilan cheklanib qolmay, ulardan amalda foydalanishni
kafolatlaydi, ya'ni ta‘minlaydi, amalga oshirishga barcha shart-sharoitlarni yaratib beradi.
KAMOLOT YOSHLAR IJTIMOIY HARAKATI — O‗zbekiston Respublikasi
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati – O‗zbekiston yoshlarining ixtiyoriylik asosida
vujudga kelgan, o‗zini-o‗zi boshqaradigan nodavlat notijorat tashkiloti. Harakat 2001-yil
25-aprelda bo‗lib o‗tgan Ta'sis qurultoyi qarori bilan tashkil toptan. Ta'sis qurultoyida
Harakatning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. Harakat faoliyatining asosiy maqsadi –
O‗zbekiston yoshlarini birlashtirish, sog‗lom turmush talablari asosida tarbiyalash,
ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit-qizlarning o‗z aql-zakovati, kuch-
g‗ayratini to‗la namoyon etishi, jamiyatda munosib o‗rin egallashlari uchun shart-sharoit
yaratib berishdan iborat. Harakatga uning dasturiy vazifa va maqsadlarini hamda Nizom
talablarini tan oladigan, ularni amalga oshirish yo‗lida faol harakat qiladigan, Vatan
taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq farovonligi yo‗lida mehnat qilish va kurashishni o‗zi
uchun hayotiy e'tiqod deb biladigan, o‗qishda, mehnatda, harbiy xizmatda, jamoatchilik
ishlarida boshqalarga o‗rnak bo‗ladigan, jinsi, irqi, millati, tili, dini, shaxsiy va ijtimoiy
mavqeidan qati nazar, qoida tariqasida, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‗lgan O‗zbekiston
fuqarolari a‘zo bo‗lishi mumkin. Harakatning oliy organi – 5 yilda bir marta
chaqiriladigan Qurultoy, rahbar organi olti oyda bir marta chaqiriladigan Markaziy
Kengash, ijroiya organi ikki oyda bir marta chaqiriladigan Ijroiya Qo‗mita hisoblanadi.
«K.» yo.i.h. muassisligida «Turkiston», «Molodyoj Uzbekistana» gazetalari, «Yosh
kuch», «Sirli olam», «Sinfdosh», «G‗uncha», «Yoshlik», «Qalb ko‗zi» jurnallari nashr
etiladi.