Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


partiyasi, O‗zbekiston Liberal demokratik partiyasi, O‗zbekiston «Adolat» sotsial



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   462
LUG\'AT


partiyasi, O‗zbekiston Liberal demokratik partiyasi, O‗zbekiston «Adolat» sotsial 
demokratik partiyasi), «Xalq birligi» harakati, yoshlarning «Kamolot» ijtimoiy harakati, 
diniy tashkilot va birlashmalar, ijtimoiy jamg‗armalar faoliyat ko‗rsatadi. Inson huquqlari 
bo‗yicha vakil (ombudsman), inson huquqlari bo‗yicha respublika milliy markazining 
faoliyati inson huquqlariga rioya etishni umummillat darajasida rivojlantirishga 
qaratilgan. O‗zbekistonning siyosiy tizimi hozirgi davrdagi ilg‗or demokratik davlatlar 
tajribasini o‗zida aks ettiradi. 
JAMOA 
(ar. hamma, umumiy, hammaga taaluqli) — 1) kapitalizmgacha ishlab 
chiqarish vositalariga birgalikda egalik qiluvchi va qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ham 
birgalikda ishlab chiqaruvchi ijtimoiy guruh, mas.: urug‗ jamoasi, qishloq jamoasi, oila 
jamoasi; 2) ba‘zi mamlakatlarda (mas., Bolgariyada) – quyi ma‘muriy-hududiy birlik; 3) 
keng ma‘noda – har qanday ijtimoiy uyushma. Mas., diniy jamoa. 
JAMOA XO„JALIGI
— mulkiy pay va jamoaviy mehnat asosida ixtiyoriy 
uyushgan kishilarning shirkat (sheriklik) tashkiloti; xo‗jalik yuritish shakli. J. x.ning bir 
qancha turlari bor va ular turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi. Bozor iqtisodiyotiga 
o‗tish bosqichida O‗zbekistonda J.x. ham shaklan, ham mazmunan xo‗jalik yuritishning 
bozor usuli va tamoyillariga mos emasligi ma‘lum bo‗lib qoldi. 1998-yilda O‗zbekiston 
Respublikasining «Qishloq xo‗jaligi kooperativi (shirkat xo‗jaligi) to‗g‗risida» qonuni 
qabul qilindi. Respublika hukumatining 1998-yil 15-iyuldagi 299-sonli «Qishloq 
xo‗jaligini isloh qilishga oid qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xo‗jaligi kooperativlari 
(shirkat xo‗jaliklari) tuzish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi qaroriga asosan barcha J.x. 
shirkat xo‗jaliklariga aylantirila boshlandi. J.x.ni shirkat xo‗jaliklariga o‗zgartirish 
mulkiy pay va oila nydpamura asoslangan bo‗lib, maqsad qishloqda mulkdorlar sinfini 
yaratish, ularning mulkiy huquqlarini qayta tiklash va himoya qilish, bozor iqtisodiyoti 
talab va usullariga javob beradigan xo‗jalik yuritish shaklini rivojlantirish maqsadlarini 
ko‗zlaydi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin