Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   462
LUG\'AT

JAMOAT BIRLASHMALARI
— 1) fuqarolar manfaatlari umumiyligi va 
ixtiyoriylik asosida vujudga keluvchi, lekin o‗z faoliyati natijasida daromad olishni 
ko‗zlamaydigan tashkilotlar (siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, 
ayollar, keksalar, nogironlar, yoshlar, bolalar tashkilotlari, ilmiy texnik, madaniy-
ma‘rifiy, sport va b. ko‗ngilli jamiyatlar, jamg‗armalar, assotsiatsiyalar, boshqa 
tuzilmalar). Demak, fuqarolarning har qanday ko‗ngilli uyushmasi – ijtimoiy 
uyushmadir. Mavjud siyosiy hayotni o‗zgartirishga yoki unga ta‘sir etishga urinuvchi 
ijtimoiy uyushmalar siyosiy, deb qaraladi. 2) fuqarolarning qonunda belgilangan tartibda 
ro‗yxatdan o‗tkazilgan birlashmalari. O‗zbekiston Respublikasida J.b. sirasiga kasaba 
uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, faxriylar va yoshlarning 
tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa 
birlashmalari kiradi. J.b. – xalq tashabbuskorligi, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishining 


146 
namoyon bo‗lishi, demokratiya va huquqiy davlatning tarkibiy qismi, fuqarolik 
jamiyatiga xos turmush shaklidir. J.b. quyidagi maqsadlarda tuziladi: kishilarning 
fuqarolik, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi huquqlari hamda erkinliklarini 
amalga oshirish va himoya qilish, davlat va jamoat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini 
kuchaytirish, kasb va havaskorlikka oid qiziqishlarini qondirish, ilmiy-texnik va badiiy 
ijodkorlikni rivojlantirish, aholi salomatligini saqlash, xayriya ishlarida qatnashish, kasb, 
madaniyat, sog‗lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport, tabiatni, tarixiy va madaniy 
yodgorliklarni muhofaza etish sohasida tadbirlar o‗tkazish, fuqarolarni vatanparvarlik va 
insonparvarlik ruhida tarbiyalash, xalqaro aloqalarni kengaytirish va qonun bilan 
taqiqlanmagan boshqa sohalarda faoliyat yuritish. J.b. haqidagi qonun-qoidalar 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi XIII bobida va «O‗zbekiston Respublikasida 
jamoat birlashmalari to‗g‗risida»gi qonunda belgilab berilgan. Ularda ta‘kidlanishicha, 
davlat J. b.ning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta‘minlaydi, J. b.da 
ishtirok etish uchun barchaga teng huquqiy imkoniyatlar yaratadi. Davlat organlari va 
mansabdor shaxslarning J.b. faoliyatiga, J.b.ning esa davlat organlari va mansabdor 
shaxslar faoliyatiga aralashuviga yo‗l qo‗yilmaydi. 
JAMOAT FONDI 
— yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy 
badallar qo‗shish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma‘rifiy yoki boshqa 
ijtimoiy foydali maqsadlarni ko‗zlaydigan, a‘zoligi bo‗lmagan nodavlat notijorat 
tashkiloti jamoat fondi deb e‘tirof etiladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin