Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   462
LUG\'AT

KICHIK DAVLATLAR 
— xalqaro munosabatlarga unchalik ta'sir o‗tkaza 
olmaydigan, ammo o‗z mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish, saqlab qolish 
uchun etarli kuch-qudratga ega bo‗lgan (Gollandiya, Shvesiya va xokazo). 
KIMYOVIY TERRORIZM
— zaharlovchi va bo‗g‗uvchi gazlardan terroristik 
maqsadlarda foydalanish. 
KLANLAR
— etnik guruhlar. Ayrim mamlakatlarda k.lar mintaqaviy jamoalar 
yoki mahalliychilik deb tushiniladi. Joylarning murakkab relefi bilan o‗zaro ajratilgan va 
ularning aholisi bir-biridan ayri holda yashab kelgan va h.k. jihatlari tufayli etnik 
guruhlar k.larga ajraladi. 
KLANLASHUV
(lot. 
klan
– urug‗, avlod) — hokimiyatga ega shaxsning o‗z 
vakolatlaridan foydalanib atrofiga qarindosh-urug‗larini to‗plashi. Shun., kelajakda o‗z 
o‗rnini avlodlariga qoldirishga harakat qilinishiga nisbatan ishlatiladi. 
KLASSIFIKATSIYA
(lot. tasnif) — predmetlar, hodisalar va tushunchalarni 
sinflar, bo‗limlar, darajalar bo‗yicha, ularning umumiy belgilari, xususiyatlariga ko‗ra 
taqsimlash (tur, bo‗limlarga kiritmoq). K. bir xillik va o‗xshashlikka quriladi. 
KLASSIK SIYOSIY IQTISOD MAKTABLARI
— iqtisodiy ta'limotlar tarixida 
XVII-XIX a.larda vujudga kelgan yo‗nalishlar. K.s.i.m. qarashlari jamiyatning iqtisodiy 
hayotini dastlabki tizimli o‗rganish qo‗llanilgan nazariyalar hisoblanadi. Bu 
maktablarning yuzaga kelishiga XVII a. oxiri – XVIII a. davomida kapitalistik iqtisodiy 
munosabatlarning rivojlanishi va Angliyadagi sanoat inqilobi turtki bo‗ldi. 
Maktablarning klassik deb atalishining sababi shuki, ularning namoyondalari o‗z 
asarlarida hozirgi bozor iqtisodiyoti asosida yotuvchi qonuniyatlarni o‗rganganlar, bu 
sohada muhim kashfiyotlar qilganlar va bu jihatdan ularning qarashlaridagi ilmiy 
qoidalar hozirgacha o‗z ahamiyatini yo‗qotmagan. Klassik maktab vakillari vujudga 
kelayotgan yangi jamiyat - kapitalizmni ishlab chiqarishning abadiy va tabiiy shakli
inson tabiati (aqliy egoizm)ga mos tushuvchi birdan-bir jamiyat sifatida qaraganlar. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin