Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   462
LUG\'AT

KASABA UYUSHMALARI
— mehnatkashlarni jinsi, diniy e‘tiqodi, irqiy va 
milliy mansubliklaridan qat'i nazar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida 
ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va o‗z a‘zolari manfaatlarini himoya qilish maqsadida 
birlashtiruvchi ommaviy jamoat tashkilotlari. XVIII a. oxirida G‗arbiy Yevropa 
mamlakatlari va AQSHda o‗zaro yordam jamiyatlari sifatida paydo bo‗lgan. Rivojlangan 
mamlakatlarda XIX a.da legallashdi. K.u. xodimlarning mehnat sharoiti, ish haqi, 
turmush, madaniyat va shu kabi sohalardagi manfaatlarini himoya qilishga da'vat etilgan. 
14 yoshga to‗lgan va mehnat (kasb) faoliyati bilan shug‗ullanayotgan har bir kishi o‗z 
xohishiga ko‗ra, o‗z manfaatlarini himoya qilish uchun K.u. tuzish, ularga kirish, K.u. 
faoliyati bilan shug‗ullanish va K.u.dan chiqish huquqiga ega. Eng yirik xalqaro K.u. 
markazlari: Jahon K.u. federasiyasi 1945-yil Parijda tuzilgan, 80 dan ortiq mamlakat 
milliy kasaba uyushma markazlarini birlashtiradi, kasaba uyushma umumiy a‘zolarining 
soni XX a.ning 90-yillarida 213 mln.dan ortiq bo‗lgan, qarorgohi Bryusselda). 
O‗zbekistonda K.u.ning huquqiy maqomi O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi


150 
Mehnat kodeksi, «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari 
to‗g‗risida»gi O‗zbekiston Respublikasi qonuni (1992-yil 2-iyul) va b.lar bilan 
belgilanadi. K.u.ga mehnat, unga haq to‗lash va b.lar tayin masalalarni hal qilish sohasida 
huquqlar berilgan. K.u.ning ustavlari «O‗zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari 
to‗g‗risida»gi O‗zbekiston Respublikasi qonunida belgilangan tartibda ro‗yxatga olinadi. 
Barcha K.u. teng huquqlardan foydalanadilar. K.u. o‗z faoliyatida davlat boshqaruv 
idoralaridan, xo‗jalik idoralaridan, siyosiy partiyalardan mustaqil, ular oldida hisobdor 
emas va ular tomonidan nazorat qilinmaydi (qonun xujjatlarida nazarda tutilgan hollar 
bundan mustasno). K.u.ning huquqlarini cheklaydigan yoki shu huquqlarning amalga 
oshirilishiga to‗sqinlik qiladigan tarzdagi har qanday aralashuv man etiladi. K.u. o‗z 
ustavlarida belgilangan maqsadlarga va vazifalarga muvofiq ravishda boshqa 
mamlakatlarning K.u. bilan hamkorlik qilish, o‗z xohishiga ko‗ra, xalqaro va b. K.u. 
birlashmalariga va tashkilotlariga kirish huquqiga ega. K.u.ning tuzilishi federalizmga 
asoslangan. Quyidan yuqorigacha barcha organlar K.u. a‘zolari tomonidan saylangan 
vakillarning yig‗ilishlari, konferensiyalari va qurultoylarida saylanadi va ular oldida 
hisob beradi. K.u. har bir a‘zosi saylashi va K.u. organlariga saylanishi, yig‗ilishlar, 
matbuot va b.lar vositalar orqali K.u. hamda ma'muriy organlar faoliyatiga taalluqli 
masalalarni qo‗yishi mumkin. K.u. ishlab chiqarish, tarmoq va hududiy prinsiplar asosida 
tashkil etiladi. Tarmoq va hududiy K.u. a‘zo tashkilotlar sifatida O‗zbekiston K.u. 
Federasiyasini tashkil etadilar. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin