Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   462
LUG\'AT

JAMOAT TASHKILOTI 
— fuqarolik jamiyati institutlarining muhim 
shakllaridan biri bo‗lib, o‗z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy 
rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy 
manfaatlarini birgalikda ro‗yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish–
irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat tashkiloti 
sifatida e‘tirof etiladi. 
JAMOATCHILIK FIKRI
— bir tomondan, hokimiyatni amalga oshirishda 
ishtirok etuvchi siyosiy institut, ikkinchi tomondan, u yoki bu hodisalar, voqealar 
to‗g‗risida turli ijtimoiy guruh vakillarining o‗xshash fikr – mulohazalaridir. Ijtimoiy 
voqealarga, turli guruhlar, tashkilotlar va ayrim shaxslar faoliyatiga bo‗lgan yashirin yoki 
oshkora munosabatlarni o‗z ichiga oluvchi ommaviy ong shakli; muayyan ijtimoiy 
masalalarni ma‘qullash yoki qoralashda namoyon bo‗ladi, individlar, ijtimoiy guruhlar 
xatti-harakatini va ijtimoiy munosabatlarda muayyan me‘yorlarni belgilaydi; umuman 
jamiyat doirasida ham, turli ijtimoiy guruhlar doirasida ham amal qiladi. J.f.ning faolligi 
va ahamiyati jamiyatning strukturaviy xarakteri, ishlab chiqaruvchi kuchlarning, 
madaniyatning, demokratik huquqiy me‘yorlar va erkinliklarning taraqqiyot darajasi 
bilan belgilanadi. J.f. hokimiyat organlarini saylashda, ommaviy kommunikatsiya 
vositalarida, aholi so‗rovlari va b.da o‗z ifodasini topadi. 
JAMOATCHILIK NAZORATI 
— fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biri 
bo‗lib, u fuqarolik jamiyatini shakllanitirish jarayonida davlatning iqtisodiy sohaga, 
xo‗jalik yurituvchi tuzilmalar, ayniqsa, xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklash 
hamda qonunlar ijrosi bo‗yicha davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan olib 
boriladigan ijtimoiy nazorat shakllaridan biridir.
 


147 
JANDARMERIYA
(fr. 
gendarmerie
) — harbiy tashkilotga ega bo‗lib mamlakat 
ichkarisida va armiyada (dala J.) soqchilik vazifalarini bajargan politsiya. Dastlab 1791-
yil Fransiyada vujudga kelgan. 1815-yilda rus armiyasida jandarm qismlari tuzilgan. 
1827-1917 – yillarda Rossiyada siyosiy politsiya vazifasini bajaruvchi alohida jandarm 
korpusi mavjud bo‗lgan. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin