KAMPANIYA (siyosiy kampaniya) — muayyan muddatga mo‗ljallangan yirik
siyosiy tadbir. K.s. saylovlarda, referendumlarda yoki davlat va jamiyat ijtimoiy-siyosiy
hayotida muhim bo‗lgan masalalarni hal qilish uchun olib boriladigan tadbir.
KANSLER (nem.
kanc1er ) — 1) bir qancha davlatlarda oliy mansabdagi shaxs
(mas., Germaniya va Avstriyada federal K.-hukumat boshlig‗i; Buyuk Britaniyada xazina
K.i – moliya vaziri, lord-K. – lordlar palatasining raisi); 2) Rossiyada 1917-yilgacha –
oliy grajdanlik darajasi (1-sinf). Tashqi siyosat rahbarlari (tashqi ishlar kollegiyasi
prezidentlari va tashki ishlar vazirlari)ga berilgan (yana q. Reyxskansler).
KANTON (fr.) — 1) Shveytsariya respublikasi tarkibiga kiruvchi har bir alohida
davlat; 2) Fransiya va Belgiyadagi kichik ma'muriy birlik.
KAPITALIZM — xususiy mulk, bozor iqtisodiyoti va demokratik instituttlarga
asoslangan jamiyat turi. Ijtimoiy tafakkurning turli oqimlarida K. – erkin tadbirkorlik
tizimi, industrial jamiyat taraqqiyotining bosqichi, K. ning hozirgi davri esa – «aralash
iqtisodiyot», «postindustrial jamiyat», «axborot jamiyati» va b.lar sifatida ta'riflanadi.
Marksizmda K. – ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikka va yollanma
mehnatning kapital tomonidan ekspluatasiya qilinishiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy
formasiya, deb talqin etiladi.
KAPITAN (fr-ing. bosh) — shaxs, partiya, ijtimoiy harakatning siyosiy faoliyat
tajribasi, siyosiy obro‗-e'tiborli va avvalgi muvafaqiyatlari birligi.
KAPITULYATSIYA — so‗zsiz taslim bo‗lish (xalqaro huquqda), urushayotgan
tomonlardan birining yengilganligiga iqror bo‗lib, qarshilik ko‗rsatishni to‗xtatishi va
qurolni tashlashi. K. to‗g‗risidagi hujjatni imzolash tarzida uzil-kesil rasmiylashtiriladi.
Odatda, bunda hamma qurol-yarog‗lar, texnika, harbiy mulk g‗olibga o‗lja sifatida,
shaxsiy tarkib esa - asirlar tarzida beriladi. Mag‗lub tomon hech qanday shartlar,
qo‗shimcha izohlarni o‗rtaga qo‗ymay so‗zsiz K. aktini imzolaydi (mas., 1945-yil
fashistlar Germaniyasi va militaristik Yaponiyaning K.).
KARDINAL (lot.
cardinalis – bosh) — katolik cherkovi ierarxiyasida Rim
papasidan keyin, episkopdan oldin turuvchi ruhoniy. K.lar papaning cherkovni
boshqarish sohasidagi eng yaqin maslahatchilari va yordamchilari hisoblanadi hamda shu
lavozimga papa tomonidan tayinlanadi.