Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   462
LUG\'AT

 
KOMISSIYA
(lot. 
commission 
– topshiriq) — 1) kollegial organ, bironbir vazifani 
bajarish (saylov K.si, hisob K.si, taf-tish K.si) yoki maxsus tadbirlar o‗tkazish uchun 
tuziladi; 2) Fuqarolik huquqida – shartnoma; unga ko‗ra, bir tomon (komissioner) 2-
tomon (komitent)ning topshirig‗iga binoan muayyan haq evaziga o‗z nomidan, lekin 
komitentning manfaati va hisobiga 3-shaxs bilan bitim tuzadi. 
KOMLIONIKI 
(fr. xabar qilaman) — xalqaro muzokaralar borishi va yakunlari, 
hamda mamlakatdagi muhim voqealar to‗g‗risida rasmiy axborot. 
KOMMUNA
(fr. 
commune
, lot. 
communis
- umumiy) — 1) o‗rta a.larda G‗arbiy 
Yevropada shahar K.si - feodallardan o‗z-o‗zini boshqarish huquqlarini olishga erishgan 
jamoa; 2) hozirda bir necha xorijiy davlatlarda – quyi ma'muriy hududiy birlikning nomi. 
KOMMUNIKATOR
(lot

o‗zagi 
communication – 
xabar) — axborot uzutishdagi 
vositachi. 
KOMMUNIKATSIYA (siyosiy kommunikatsiya) 
(lot. 
communicatio
– 
umumlashtiraman, bog‗layman) — o‗zaro kelishuvlarga erishish maqsadida jamiyatning 
siyosiy kuchlari va individlari o‗rtasida muttasil ravishda siyosiy mazmun-


155 
mohiyatlarning almashib turish jarayonidir (R.J. Shvarsenberg). K.s. – siyosiy tizimning 
turli unsurlari, shun., siyosiy va ijtimoiy tizimlar o‗rtasidagi munosabatlarda o‗zaro ―qon 
aylanishni‖ (siyosiy axborotlarni) ta‘minlab turuvchi va siyosiy matnlar vositasida 
muttasil ravishda siyosiy axborotlar berib turuvchi jarayondir (L.R.Posikera). K.s.-
umuman olganda siyosatning ishtirokchilari o‗rtasida rasmiy va norasmiy axborot 
almashinuv jarayonidir. 
KOMMUNIZM
(lot. 
communis
- umumiy) — xususiy mulkchilikni inkor qilishga 
asoslangan turli karashlarning umumiy nomi (ibtidoiy K., hayoliy K., «kazarma» K.i va 
b.lar). Unga ko‗ra, yagona umumiy (ijtimoiy) mulk jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy 
tuzilishining asosini tashkil qiladi. Bu g‗oya «ideal jamiyat» nomi bilan Platon, keyinroq 
T.Mor, T.Kampanella, shaharFure va b.larning asarlarida ilgari surildi, K. yoki 
kommunistik jamiyat nomi bilan XIX-XX a.larda K.Marks, F.Engels va V.I.Lenin 
asarlarida nazariy ifodasini topdi. Markscha tarixiy jarayon haqidagi qarashga binoan, K. 
– kapitalizm o‗rnini egallaydigan va o‗z taraqqiyotida ikki bosqich (faza) – sosializm deb 
ataladigan quyi bosqich hamda to‗la K. deb ataladigan yuqori bosqichni bosib o‗tadigan 
ijtimoiy-iqtisodiy formasiyadir. 
KOMMYUNIKE
(fr. 
communique
, lot. 
communico
– xabar qilaman) — davlatlar 
o‗rtasida xalqaro shartnomalar to‗g‗risida yuritilgan muzokaralar haqidagi rasmiy habar. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin