KONFEDERATIV DAVLAT (lot. ittifoq, birlashma) — davlatlar ittifoqining
muayyan murakkab shakli bo‗lib, unda ittifoqqa kiruvchi davlatlar o‗z suverenitetlarini
to‗la saqlab qoladilar. Konfederasiya ham xalqaro huquqiy tashkilot, ham davlat
tashkiloti xususiyatlariga ega. Hozirgi kunda dunyoda bittagina konfederasiya – Yevropa
Ittifoqi mavjud. Turli davrlarda quyidagilar konfederasiya shaklida bo‗lgan: Avstriya-
Vengriya (1918-yilgacha), Shvetsiya va Norvegiya (1905-yilgacha), AQSH (1781-1787),
Shveytsariya (1815-1989). Tarixiy tajribaning ko‗rsatishicha, konfederasiya o‗tish
davrining yoki ittifoqning to‗la barbod bo‗lishi yoxud federativ (ittifoq) davlatga
aylanishining shaklidir.
KONFEDERATSIYA (
confoederatio – ittifoq, birlashma) — 1) davlat
tuzilishining bir shakli; unga ko‗ra, K.ni tashkil qilgan davlatlar o‗z mustaqilligini to‗la
saqlab qoladi, o‗z davlat hokimiyatini tuzadi; maxsus birlashgan organlar esa muayyan
(harbiy, tashqi siyosiy) maqsadlarda harakatlarni muvofiklashtirish uchungina tuziladi.
hozirgi dunyoda faqat bitta K. – Yevropa Ittifoqi mavjud; 2) biron-bir ijtimoiy yoki
boshqa xil faoliyatga yo‗naltirilgan tashkilotlarning nomi(mas. Osiyo futbol K.).
KONFERENSIYA (lot.
konferentia – bir joyga to‗playman) — davlat yoki partiya,
jamoat va olimlar vakillarining muayyan mas.i muhokama etish uchun yig‗ilishi. XIX
a.ning 2-yarmigacha G‗arbiy Yevropada, asosan, ma'muriy-texnik, madaniy, iqtisodiy va
huquqiy masalalarga oid yig‗ilishlar ham K. deb atalgan. Keyinchalik K. tushunchasi
kongress atamasi o‗rnida ham qo‗llanila boshladi.
KONFESSIONAL (lot. iqror) — diniy. taraqqiyot yo‗nalishining umumiy
jamlanmasi. K. qadimiy va diniy aspetklarga bog‗liq bo‗lib, mamlakat rivojlanishining
o‗ziga xos yo‗li. Mas., dunyoviydan farq qiluvchi konfessional maktab.