157
(mas., saxiylik va xasislik, vafodorlik va bevafolik, tiriklik va o‗lim), bo‗larda K. har bir
davrning ma'naviy, ruhiy talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib talqin qilinadi.
KONFORMIZM
(lot.
conformis
– o‗xshash, muvofiq) — mavjud ijtimoiy tartib,
hukmron g‗oya va fikrlarga
moslashish, ularni passiv qabul qilish. Konformistlarning o‗z
mavqei bo‗lmaydi, tazyiq kuchiga ega har qanday namunaga prinsipsiz, notanqidiy, ko‗r-
ko‗rona ergashaveradi.K. moslashish, mavjud tartib, qoidalar,
qadriyatlar, g‗oyalarni
ko‗r-ko‗rona qabul qilish hisoblanadi.
KONFRONTATSIYA
(fr.
confrontation
– qarama-qarshi qo‗yish) — xalqaro
vaziyat keskinlashib, bir davlat ikkinchi davlatga qarshi turgan davrni ko‗rsatish uchun
qo‗llaniladigan tushuncha.
KONGRESS
(lot.
uchrashuv, yig‗ilish) — 1)odatda, xalqaro yig‗ilish; 2) AQSH,
Lotin Amerikasi va b. bir qator mamlakatlardagi qonunchilik organlarining nomi.
Dostları ilə paylaş: