Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   462
LUG\'AT

KOGNITIV KARTALAR
— siyosiy yetakchilar to‗g‗risidagi barcha ma'lumotlar 
to‗plangan matrisalar. Bu ma'lumotlar jamiyatda siyosiy elita shakllanish tartibi, uning 
tarkibi, samaradorligi, tabiati to‗g‗risida xulosalar kilish imkonini beradi. 
KOGORTA
— lot. qattiq jipslashgan bir-biriga sodiq, hamfikr odamlar guruhi. 
KOLLEGIALLIK
boshqarish prinsipi, bunda rahbarlik vakolatli shaxslar 
guruhi (kollegiya) tomonidan amalga oshiriladi, mazkur shaxslarning har biri muayyan 
faoliyat sohasi uchun shaxsiy javobgar bo‗ladi. K.ning hal qiluvchi va maslahat beruvchi 
shaqllari bo‗ladi. K.ning hal qiluvchi shakli ayrim davlat va jamoat tashkilotlarining 
rahbarlik faoliyatiga xosdir. 
KOLLEGIYA
(lot. 
collegium
– o‗rtoqlik, birodarlik), hay'at — 1) rahbarlik 
qiluvchi, maslahat yoki farmoyish beruvchi organni tashkil etadigan shaxslar guruhi 
(mas., vazirlik K.si, sud K.si). Yana q. Kollegiallik; 2) bir kasb kishilarining ixtiyoriy 
uyushmasi (mas., advokatlar K.si); 3) XVIII a.da Rossiyada oliy hukumat 
muassasasining nomi; 4) XVIII a.-XX a.ning boshida Rossiyada ayrim o‗quv yurtlarining 
nomi (mas., Xarkov kollegiumi). 
KOLLEKTIV XAVFSIZLIK 
— halqaro tinchlikni saqlash va agressiya 
harakatlariga qarshilik ko‗rsatish maqsadida davlatlarning birgalikdagi xarakatlari tizimi. 
KOLLEKTIV XAVFSIZLIK SHARTNOMASI TASHKILOTI (KXSHT - 
ODKB) 
— Mustaqil Davlat Hamdo‘stligi tarkibiga kirgan davlatlarning harbiy sohadagi 
xavfsizligi konsepsiyasi bitim. 1992-yil 9-oktabrdagi MDH davlatlari rahbarlarining 
Bishkekdagi yig‘ilishida imzolangan. Mazkur shartnoma MDH ga a‘zo mamlakatlarning 
harbiy sohadagi hamkorligi va xavfsizligi bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, O‘zbekiston 
Respublikasi tomonidan 1992-yil 9-dekabrda ratifikatsiya qilinib, 1996-yil denonsatsiya 
qilingan. 2008-yil 21-avgustda O‘zbekiston Respublikasining KXSHT qo‘shilish 
to‘g‘risidagi xujjat ratifikatsiya qilindi. 2009-yilda O‘zbekiston Respublikasining 
KXSHT dagi a‘zoligi to‘liq tugatilgan.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin