Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   462
LUG\'AT

KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ
— asosiy ijtimoiy munosabatlarni tartibga 
soluvchi huquqiy normalar yig‗indisi, huquq tizimining yetakchi sohasi. K.h. normalari 
davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va hududiy tuzilishi, uning fuqarolik jamiyati 
institutlari bilan munosabatlari tartibini, fuqaro va shaxs huquq hamda erkinliklari 
amalga oshirilishining asosiy tamoyillarini, davlat hokimiyati organlari tizimini 
belgilaydi. Bir qancha mamlakatlarda (jum., O‗zbekiston Respublikasida ham) ushbu 
huquq sohasini belgilash uchun davlat huquqi tushunchasi qo‗llanadi. K.h.ning asosiy 
tamoyillari: boshqaruvning respublika shakli, inson va fuqarolar huquq hamda 
erkinliklarining ustunligi, hokimiyatlarning bo‗linishi. O‗zbekiston Respublikasining 
K.h.i O‗zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini; inson va fuqarolarning 
asosiy huquq hamda erkinliklari, ularning kafolatlarini; ma'muriy-hududiy va davlat 
tuzilishini; saylov tizimini; hokimiyat tizimi va davlat organlari tizimini tashkil etish 
hamda faoliyatining asosiy tamoyillarini; fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish asoslarini 
mustahkamlaydi. 
KONSTITUTSIYAVIY INQIROZ
— jamiyatning bosh qonuni – konstitutsiya 
harakat faoliyatini to‗xtatib qo‗yilishi bilan bog‗liq bo‗ladi. Avvalgi konstitutsiya o‗z 
legitimligini yo‗qotadi va uni qayta ko‗rib chiqish talab qilinadi. 
KONSTITUTSIYAVIY MONARXIYA
— monarxiya boshqaruv shaklining 
alohida turi. Unda monarx hokimiyati konstitutsiya bilan cheklangan bo‗ladi, saylab 
qo‗yiladigan qonunchilik organi – parlament va mustaqil sudlar bo‗ladi. Hozirgi vaqtda 
K.m.ning ikki shakli: dualistik monarxiya va parlament monarxiya mavjud. 
KONSTITUTSIYAVIY QONUN
— bir qancha mamlakatlarda konstitutsiyaviy 
huquqning asosiy manbalaridan biri. Ba'zi mamlakatlar (aholisi fransuz tilida 
so‗zlashuvchi mamlakatlar, shun., Ruminiya va b.lar)da – bu konstitutsiyaga o‗zgartirish 
kirituvchi qonun, boshqa mamlakatlar (mas., Rossiya Federatsiyasi, O‗zbekiston va 
Qozog‗iston) da K.q. konstitutsiyada ko‗zda tutilgan masalalar bo‗yicha qabul 
qilinadigan qonundir. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin