153
KLEPTOKRATIYA
(yun.
klepto
– o‗marish, o‗g‗irlash va
kratos
– hokimiyat) –
o‗g‗rilar hokimiyati. Davlat g‗aznasi, ichki va tashqi savdo aylanmasidan kelib tushuvchi
mablag‗larni, mamlakat boyliklarining o‗z manfaati yo‗lida yagona shaxs yoki guruh
tomonidan ayovsiz talanishi.
KLERIKALIZM
(lot. c
lericalis
– cherkovga oid) — jamiyatning siyosiy va
ma'naviy hayotida cherkov va dinning yetakchilik rolini ta‘minlashga intilish. K.
tarafdorlari o‗z ta'sirini ommaga yoyish, ularni diniy dunyoqarashga ergashtirishga, turli
milliy va xalqaro uyushmalar tuzishga harakat qiladilar. Klerikallar ayrim mamlakatlar
(mas., GFR, Italiya)da yirik siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, yoshlar
va b.lar jamoat tashkilotlari, o‗quv, davolash, xayriya muassasalari tashkil etgan, o‗z
ommaviy axborot vositalariga ega.
KLERIKKAL PARTIYALAR
— XIX a.da shakllangan va ijtimoiy hayotning
barcha sohalarida din va cherkov ta'sirini kuchaytirishga intiluvchi siyosiy partiyalar.
Bunday tipdagi siyosiy partiyalar hozirgi vaqtda Italiya va Germaniya Federativ
Respublikalarida muhim rol o‗ynaydi.
KLIENTIZM
— siyosiy tizim turlaridan biri bo‗lib, hokimiyatni xususiylashtirib
olib, davdat xizmatini jamoatchilik manfaatlariga qaratilgan vazifalardan mahrum qilib
qo‗yadi va uni mo‗may daromad keltiradigan manbaga aylantiradi. Shu tariqa
demokratiya barham topadi, amaldorlar diktaturasi o‗rnatiladi. Qamoqxona va lagerlar
o‗rnini safsatabozlik va pul egallaydi.
KLUB
(ing.
club
) — bir maqsad yo‗lida uyushgan (maslakdosh, hamkasb)
kishilarning siyosiy, ilmiy, badiiy, sport va b. sohalar bo‗yicha shug‗ullanishi, ko‗ngilli
dam olishi uchun xizmat qiladigan madaniy-ma'rifiy muassasa, jamoat tashkiloti.
Dostları ilə paylaş: