146
namoyon bo‗lishi, demokratiya va huquqiy
davlatning tarkibiy qismi, fuqarolik
jamiyatiga xos turmush shaklidir. J.b. quyidagi maqsadlarda tuziladi: kishilarning
fuqarolik, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi huquqlari hamda erkinliklarini
amalga
oshirish va himoya qilish, davlat va jamoat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini
kuchaytirish, kasb va havaskorlikka oid qiziqishlarini qondirish, ilmiy-texnik va badiiy
ijodkorlikni rivojlantirish, aholi salomatligini saqlash, xayriya ishlarida qatnashish, kasb,
madaniyat, sog‗lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport,
tabiatni, tarixiy va madaniy
yodgorliklarni muhofaza etish sohasida tadbirlar o‗tkazish, fuqarolarni vatanparvarlik va
insonparvarlik ruhida tarbiyalash, xalqaro aloqalarni kengaytirish va qonun bilan
taqiqlanmagan boshqa sohalarda faoliyat yuritish. J.b. haqidagi qonun-qoidalar
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi XIII bobida va «O‗zbekiston
Respublikasida
jamoat birlashmalari to‗g‗risida»gi qonunda belgilab berilgan. Ularda ta‘kidlanishicha,
davlat J. b.ning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta‘minlaydi, J. b.da
ishtirok etish uchun barchaga teng huquqiy imkoniyatlar yaratadi. Davlat organlari va
mansabdor shaxslarning J.b. faoliyatiga, J.b.ning esa davlat organlari va mansabdor
shaxslar faoliyatiga aralashuviga yo‗l qo‗yilmaydi.
JAMOAT FONDI
— yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy
badallar qo‗shish asosida
tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma‘rifiy yoki boshqa
ijtimoiy foydali maqsadlarni ko‗zlaydigan, a‘zoligi bo‗lmagan nodavlat notijorat
tashkiloti jamoat fondi deb e‘tirof etiladi.
Dostları ilə paylaş: