143
atalgan. Vazifasi
pochta xizmatini yaxshilash, shu sohada hamkorlikni taraqqiy ettirish,
rivojlanayotgan mamlakatlarda pochta xizmatini tashkil etish
va takomillashtirishda
texnika yordami ko‗rsatishdan iborat. Hozirgi kunda 192 davlat a‘zo. O‗zbekiston
Respublikasi 1994-yildan a‘zo. Asosiy organlari: Jahon pochta kongressi,
Ijroiya
kengashi, Pochta ekspluatatsiyasi kengashi va Xalqaro byuro. Oliy organi – kongress, 5-
yilda bir marta chaqiriladi. J.p.i.ning rasmiy tili fransuz tili, ish jarayonidagi tili – ingliz,
ispan, rus tillari. «Pochta ittifoqi» jurnali, kongresslar hisoboti va b.ni nashr qiladi.
O‗zbekiston vakillari 21-kongress (1994-yil Seul shahar), 22-kongress (1999-yil Pekin
shahri)da qatnashgan. J.p.i. idorasi Shveytsariyadagi Bern shahrida joylashgan.
JAHON SAVDO PALATASI
(International Chamber of Commerce, ICC)
—
jahon ishbilarmon va tadbirkorlar doiralari va birlashmalari federatsiyasi. 1919-yil
Atlantik Siti (AQSH)da o‗tkazilgan xalqaro savdo konferensiyasida tuzilgan. 1920-yildan
boshlab faoliyat ko‗rsatadi. 100 dan ortiq mamlakat milliy S.p.larini birlashtiradi. Sobiq
SSSRda 1932-yilda tuzilgan Butunittifoq savdo palatasi JSP ga a‘zo bo‗lgan va 1959-
yilda boshqa ittifoqdosh respublikalar kabi O‗zbekistonda ham bu palataning respublika
bo‗limi tuzilgan (1972-90-yillarda savdosanoat palatasi). JSP
xalqaro tijorat faoliyati
standartlarini, xalqaro iqtisodiy siyosat va tajribalar asosida tavsiyalarni ishlab chiqadi,
turli mamlakatlar ishbilarmonlarining hamkorligini yo‗lga qo‗yadi,
xalqaro iqtisodiy
muammolarni hal etishga ko‗maklashadi va b. JSP tarkibida 15 xalqaro komissiya,
ixtisoslashgan maxsus organlar (xalqaro arbitraj sudi, xalqaro savdo palatalari byurosi va
b.) ishlaydi. Idorasi Parijda joylashgan.
Dostları ilə paylaş: