NEOKONSERVATIZM (grek.
neos – yangi, lot.
conserve – saqlayman) —
mumtoz konservatizm, liberalizm va texnokratizm g‗oyalarini uyg‗unlashtiruvchi
mafkura. XX asrning 70-yillarida konservatizmning tarixida yangi bosqich -
neokonservatizm (D.Bell, Z.Bjezinskiy, N.Podgorets, N.Kristoll) boshlanadi. Bu yangi
oqimning paydo bo‗lishini tadqiqotchilar AQSHda Ronald Reygan boshchiligidagi
respublikachilar, Buyuk Britaniyada Margaret Tetcher boshchiligidagi konservatorlar,
Fransiyada Jak Shirak, GDRda Gelmut Kol boshchiligidagi XDS-XSS blokining
hokimiyatga kelishi bilan bog‗laydilar. Neokonservatizmning qaror topishi tasodifiy
emas. U neoliberalizm va sotsializmga qarshi turish maqsadida shakllandi. Neoliberalizm
davlatning iqtisodiy faoliyatiga aralashishi zarurligini tan oladi va davlat ijtimoiy
dasturlarining rivojlantirishini qo‗llab quvvatlaydi. Neokonservatizm esa davlatning
iqtisodiyotga aralashishini cheklashni talab qiladi. Neokonservatorlar qarashlariga ko‗ra
―kamroq boshqaruvchi hukumat - eng yaxshi hukumat‖. Neokonservatorlar aholining
kam ta‘minlangan qatlamlari foydasiga resurslarni qayta taqsimlash maqsadida yirik
kapitalga solinayotgan soliqlarga qarshi chiqadilar. Ular teng taqsimlashning ashaddiy
dushmani sifatida davlatning ijtimoiy dasturlarini qisqartirishni, talab etadilar.
Neokonservatorlarning fikricha, hozirgi davlat kishilari uchun natijalar tengligini emas.,
balki imkoniyatlar tengligini yaratib berishi zarur. Davlatning ―sog‗iladigan sigir‖ga
aylanishi insonni buzadi, ishdan chiqaradi. Har bir kishi o‗z faoliyatida davlatga emas.,
balki o‗zining kuchiga hamda o‗zining yaqinlari va fuqarolariga tayanishi zarur. N.ning
asosiy g‗oyalari: faqat bozor munosabatlarigina jamiyat va shaxsning rivojlanishiga olib
keladi; erkinlik va tenglik birgalikda mavjud bo‗la olmaydi; mumtoz demokratiyani
elitalar hokimiyati bilan to‗ldirish lozim va shaxsning bosh huquqi – mulkka egalik qilish
hisoblanadi.