203
Assambliyasining 1993 va 1995-yillardagi sessiyalarida, EXHT (1999) Istanbul sammiti
hamda boshqa bir qator nufuzli anjumanlarda xalqaro hamjamiyatning diqqat-e‘tiborini
afg‗on xalqini o‗zaro birodarkushlik urushidan xalos etish, mavjud mojarolarni tinch yo‗l
bilan hal qilish masalalariga jalb etgan edi. 1999-yil 19–20-iyulda ―6+2‖ muloqot
guruhining navbatdagi Toshkent anjumanida ―Afg‗onistondagi mojaroni tinch yo‗l bilan
bartaraf etish tamoyillari to‗g‗risida‖gi Toshkent deklaratsiyasi imzolandi. Bu hujjatda
Afg‗onistonda yangi hukumat tuzish, mojaroni tinch yo‗l bilan hal etish, qochoqlarni o‗z
yashash joylariga qaytarish, mamlakat hududini minalardan tozalash, umumiy bitim
imzolash, moliyaviy yordam kabi mintaqaviy dolzarb masala ko‗tarilgan edi. Lekin
2001-yil 11-sentyabrdagi AQSHga terroristik hujumdan so‗ng NATO blokiga a‘zo
davlatlarning harbiy kuchlari Afg‗onistonga kiritilib, Tolibon qo‗shinlari tor-mor
etilgach, ―6+2‖ guruhi faoliyati o‗z-o‗zidan to‗xtab qoldi.
Dostları ilə paylaş: