202
OKKUPATSIYA
, (harbiy okkupatsiya) (lot.
occupatio
- egallash, bosib olish) —
xalqaro huquqda - urush olib borayotgan tomonning qurolli kuchlarining dushman
hududini vaqtincha egallab olishi. Harbiy O. rejimi 1907-yilgi 4-Gaaga konvensiyasi va
―Fuqaro va aholini himoya qilish to‗g‗risida‖gi Jeneva konvensiyasi (1949) bilan tartibga
solinadi. Bu hujjatlarda O. qilib turgan hokimiyat o‗zi egallagan joylarda tartibni
saqlashi, fuqarolarning sha‘ni, oilaviy huquqlari va hayotini hurmat qilishi, mol-mulk,
madaniy boyliklarni yakson qilmasligi, O. qilingan hududning siyosiy taqdiri
to‗g‗risidagi mas.,i hal etmasligi va shu kabilar nazarda tutilgan. O. rejimini buzish
xalqaro jinoyat hisoblanadi, bunda javobgar bo‗lgan shaxslar harbiy jinoyatchilar deb
qaraladi.
OKRUG
(rus. atrof) — 1) bir qancha davlatlar (mas., Islandiya, Portugaliya)da
ma‘muriy-hududiy birlik; 2) harbiy okrug; 3) vaqtinchalik tuzilgan hududiy bo‗g‗in
(mas., saylov okrugi); 4) muayyan organlar vakolati tarqaladigan hudud (mas., sud
okrugi, notarial okrug.).
OLIGARXIYA
(yun.
oligarchia
- ozchilik hokimiyati) — davlat boshqaruv shakli;
unda siyosiy va iqtisodiy hukmronlik aristokratlar yoki boylarning kichik guruhi
tomonidan amalga oshiriladi (mas., moliya O.si). ―O.‖ termini dastlab yunon
yozuvchilari (Aristotel, Polibiy) asarlarida aristokratiya tugatilishi oqibatida vujudga
keladigan davlat tuzumi shaklini ifodalash uchun qo‗llanilgan.
Dostları ilə paylaş: