201
O
OBLIGATSIYA
(lot.
obligatio
- majburiyat) — qiymatiga nisbatan egasiga qat‘iy
belgilangan daromad keltiruvchi qimmatli qog‗oz, qarzni qaytarib berish va foiz to‗lashni
tasdiqlovchi majburiyatnoma. Fond birjalarida sotiladi. O. aholi, korxona va tashkilotlar
qo‗lidagi pul mablag‗larini to‗plab, biror maqsad yo‗lida safarbar etish uchun chiqariladi.
O., asosan, davlat, mahalliy va korporatsiya O.lariga bo‗linadi. Daromad davlat
tomonidan chiqariladigan O. bo‗yicha yutuq, kompaniyalar O.lariga foiz shaklida
to‗lanadi.
OBRO„
— ijtimoiy hayotning turli jabhalarida (mas., ilmiy, diniy, siyosiy
sohalarda, jamoada, oilada) biron shaxsning bilimi, tajribasi, tashkilotchiligi, axloqiy
fazilati tufayli orttirgan, ko‗pchilik tomonidan e‘tirof etilgan ta‘siri, nufuzi. O. ayniqsa
shaxsning xulqi, Vataniga chin sadoqat bilan xizmat qilishi tufayli ortib boradi.
Aksincha, nojo‗ya harakati, so‗zi bilan ishining to‗g‗ri kelmasligi kishini
obro‗sizlantiradi.
OBSTRUKTSIYA
(lot. to‗siq) — norozilik bildirish usuli, asosan parlamentlar
faoliyatida noma‘qul qonun loyihasini muhokama qilish va qabul qilishga yo‗l
qo‗ymaslikka qaratilgan parlament kurashi usullaridan biri. Shovqin solish, ishga aloqasi
bo‗lmagan uzundan-uzoq nutqlar so‗zlash va hokazolar O. shakllaridan biri.
OBYEKT
(lot.
objectum
- narsa) — sub‘ektga qarama-qarshi bo‗lgan hamda
insonning amaliy va bilish faoliyati qaratilgan ob‘ektiv reallik. O. inson va uning ongidan
mustaqil ob‘ektiv reallik bo‗lib, uni bilayotgan individ uchun jamiyat tarixiy taraqqiyoti
jarayonida hosil qilingan faoliyat, til va ilm tarzida namoyon bo‗ladi. O.ni ikki turga:
nazariy va empirik O.ga bo‗lish mumkin.
OBTEKTIVIZM
— voqelikni tanqidiy baholashdan voz kechish, qadriyatiy
yondoshuvni inkor etishdir. Bu tushunchada sub‘ektiv omilga oid barcha narsalar inkor
etiladi. Ob‘ektivlik tushunchasi esa sub‘ektga bog‗liq bo‗lmagan holda mavjud bo‗lgan
narsa va hodisalarni anglatadi.
Dostları ilə paylaş: