Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə263/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   462
LUG\'AT

NOG„ORA VA BAYROQ 
— qadimda turkiy xalqlarda hokimiyat belgisi, ramzi. 
N. va b.ni olgan shaxs ma‘lum mamlakatning oliy hukmdori deb tanilgan. Mas., Amir 
Temur 1370-yil Balx hokimi amir Husaynga qarshi qo‗shin tortib borayotganda, Termiz 
yaqinidagi Biyo qishlog‗ida makkalik shariflardan Sayyid Baraka unga oliy hokimiyat, 
saltanat ramzi katta nog‗ora - tabl va yalov - bayroq tortiq qiladi. Baroqxon 1423-1427 
yillarda Ulug‗ Muhammad ustidan g‗alaba qilib, Oq O‗rdada hokimiyat tepasiga kelgach, 
Ulug‗bek unga qimmatbaho sovg‗alar, shuningdek, N. va b. yuborganligi ma‘lum. 
NOLEGAL 
— qonunsiz, qonun taqiqlab qo‗ygan, qonunni cheklab qilingan, 
yashirin. 
NOMA 
(fors. xat, maktub) — 1) xat, maktub, farmon, yozilgan narsa; 
NOMENKLATURA 
(lot. 
nomenclatura
– ro‗xat) — 1) bilim yoki faoliyatning 
biror maxsus sohasida qo‗llaniladigan terminlarning majmui, nomi; 2) yuqori organ 
tomonidan yoki alohida tartibda tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslar 
va lavozimlar ro‗yxati. Sobiq Sovet elitasining nomi. 
NOMINAL
(lot. 
nominalis 
– nomiga berilgan, yozilgan) — rasmiylashgan, 
o‗rnatilgan, belgilangan. 
NOOKRATIYA
(lot. 
noos
– aql, idrok) — aql-idrokning hukmron bo‗lishi. 
NORDIZM 
(nem. 
nord
- shimol) — irqchilik ko‗rinishlaridan biri. N. g‗ayri ilmiy 
nazariya bo‗lib, uning asosida shimoliy (nord) yoki «ariy» irqi insoniyatning boshqa 
irqlaridan ustun ekanligi haqidagi da‘vo yotadi. N. asoschilari fransuz sotsiologlari 
J.A.Gobino va J.V.Lapuj hisoblanadi. N. maddohlari shimoliy va «german» irqlarini teng 
qo‗ygan, german irqini «oliy» irq hisoblab, sivilizatsiyaning barcha yutuqlari uchun 
insoniyat «oliy» irqdan minnatdor bo‗lishi kerak, deb da‘vo qilgan. Germaniya fashizmi 
nazariyotchilari N.ni o‗z rasmiy mafkurasiga aylantirgan edi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin