Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə269/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   462
LUG\'AT

OMBUDSMAN
(shvedcha 
ombudsman
- biron kishi manfaatlarining vakili) — turli 
xil ma'muriy organlar, ba‘zi mamlakatlarda esa, xususiy shaxslar va birlashmalarning 
inson huquqlariga rioya etishini nazorat qilish uchun maxsus saylab (tayinlab) 
qo‗yiladigan mansabdor shaxs. O. nazoratni amalga oshiradi va prokuraturadan farqli 
ravishda nafaqat qonuniylik, balki shu bilan birga samaradorlik, maqsadga muvofiqlik, 
adolatparvarlik nuqtai nazaridan ham tekshirish olib boradi. Bu xildagi mansabdor 


204 
shaxslar har xil nom bilan ataladi: Skandinaviya mamlakatlarida - O.; Ispaniya va 
Kolumbiyada - xalq himoyachisi; Fransiyada - vositachi, Ruminiyada - xalq advokati va 
shu kabilar. O. turli yo‗llar bilan saylanishi yoki tayinlanishi mumkin. Ispaniyada u 
parlament tomonidan 5 yilga saylanadi, Namibiyada prezident tomonidan, Fransiyada 
Vazirlar kengashining dekreti bilan tayinlanadi. Aksariyat ko‗pchilik mamlakatlarda har 
bir fuqaro O.ga bevosita murojaat qilishga haqlidir. O. kamchilik yoki suiste‘mollarni 
aniqlab, tegishli organ yoki mansabdor shaxsga ko‗rsatadi va ularni bartaraf etishni taklif 
etadi. O‗zbekiston Respublikasida O. faoliyatining huquqiy asoslari «Oliy Majlisning 
Inson huquqlari vakili (ombudsman) to‗g‗risida» O‗zbekiston Respublikasining qonuni 
(1997-yil 24-aprel)da belgilab berilgan. Mazkur qonunga ko‗ra, Oliy Majlisning Inson 
huquqlari bo‗yicha vakili (ombudsman) - mansabdor shaxs bo‗lib, unga O‗zbekiston 
Respublikasida davlat organlari, fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari, 
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar 
tomonidan inson huquqlari to‗g‗risidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishining 
samaradorligi ustidan parlament nazoratini ta‘minlash vakolatlari berilgan. Vakil o‗z 
faoliyatida O‗zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, qonunlari, boshqa qonun 
hujjatlariga, O‗zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek, xalqaro 
huquqning umum e'tirof etgan prinsiplari va normalariga asoslanadi. Vakil o‗z 
vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarga tobe bo‗lmagan 
tarzda amalga oshiradi va O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin