194
kengashrishini ko‗zlab berilgan edi. 1933-yilda Gitler boshchiligidagi natsiyatlar
hokimiyatni bosib oldilar va Germaniyada fashistlar rejimini o‗rnatdilar. German
fashizmi tor-mor qilingandan keyin Nyurenberg jarayonida Natsional-sotsialistik partiya
to‗la-to‗kis tugatilib yuborilishi kerak bo‗lgan jinoiy tashkilot deb topildi.
NATSIONAL-SOTSIALIZM (natsizm)
— Germaniya fashizmi nomlaridan biri.
1933-yilda Germaniyada vujudga keldi. U fashizmdan o‗sib chiqqan bo‗lsada, ko‗p
xususiyatlarini sovet kommunizmidan olgan. Xususan, inqilobiylikni, sotsialistik
g‗oyalarni, totalitar partiya va davlat tuzish shakllarini v.h. Faqat "sinf" tushunchasining
o‗rnini — "millat", "sinfiy manfaatlar"ni—"milliy va irqiy manfaat" oladi. Kommunistik
tizimlarda kurash tig‗i ichki, sinfiy dushmanga qaratilgan bo‗lsa, natsional-sotsializmda
tashqariga, boshqa xalqlarga qarshidir. q. Fashizm.
NATURALISTIK PARADIGMA
—
siyosiy fikr paradigmalaridan biri. N.p.
insonni tabiatning bir qismi sifatida qaraydi va siyosatni tabiy muhit orqali tushuntiradi.
N.p.da geografik omillar, biologik tuzilish, tug‗ma-ruhiy xususiyatlar va hokazolarga
murojaat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: