MUVAQQAT HUKUMAT
— siyosiy tizim yoki hokimiyat o‗zgarayotganda,
siyosiy tizimni inqilob, to‗ntarish yo‗li bilan ag‗darilganda vaqtinchalik boshqaruvni
amalga oshirib turish uchun shakllantirilgan vaqtinchalik boshqaruv davri. M.h.ning
boshqaruv davri qisqa muddatga belgilangan bo‗lib, siyosiy tizim Konstitutsiya bilan
tartibga solinishi bilan birinchi saylovlardan keyin M.h. o‗z faoliyatini tugatadi.
MUXOLIFAT
(arab.
muxolifat –
teskarilashish, kelishmovchilik) — rasmiy
hukumat, uning siyosati bilan kelishmay boshqacha siyosiy yo‗l tutib, faoliyat yuritish.
M.ning mavjudligi fuqarolik jamiyatining siyosiy madaniyatini belgilab beruvchi muhim
xususiyat hisoblanadi. M. bo‗lishning asosiy talablari quyidagilardir: hokimiyatni
boshqarish, tashkil etish bo‗yicha o‗z dasturiga, o‗z ―komanda‖siga, o‗z faoliyatining
g‗oyaviy, mafkuraviy asosiga ega bo‗lish; amaldagi huquqiy normalar asosida faoliyat
olib borish; o‗z dasturini mafkuraviy yo‗llar bilan keng jamoatchilikka yetkazish; o‗z
elektorati (saylovchilar) doirasiga ega bo‗lish, ular manfaatini ko‗zlab qonun doirasida
kurashish; hal qilinishi kerak bo‗lgan vazifalarni yechish uchun alternativ (muqobil)
yo‗llarni taklif etib, uning to‗g‗riligini amalda isbotlashga harakat qilish. Hozirgi davrda
M.ning rivojlangan shaklini Buyuk Britaniya va AQSHda ko‗rish mumkin. M. bu
mamlakatlarda har tomonlama qo‗llab-quvvatlanadi, uning rahbarlari rasmiy
lavozimlarga ham tayinlanadi.
MUXTORIYAT
(arabcha) — o‗ziga mustaqillik, avtonomiya. Konstitutsiyaviy
huquqda biron-bir hududning unga Konstitutsiya yo‗l qo‗ygan chegaralarida davlat
hokimiyatini mustaqil amalga oshirish huquqi. M. markazlashgan tizimdan
191
markazlashmagan tizimga o‗tishning muayyan darajasini bildiradi, ammo bu
–
federativ
davlatdagiga nisbatan kamroq darajada bo‗ladi. M. keng ma'noda biron-bir ilmiy
muassasa (mas., unversitet), turli tashkilotlarning muayyan masalalarni o‗z holicha,
mustaqil hal qilish huquqi ma‘nosida ham ishlatiladi.
|