Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə296/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   462
LUG\'AT

POZITSIYA 
(lot. 
positio
– holat, vaziyat) — 1) biron narsaning joylashishi, 
dastlabki o‗rni; 2) biron-bir masala yuzasidan bildirilgan fikr, nuqtai nazar; dalil, voqea, 
hodisaning muayyan bahosi; shu bahoga muvofiq amalga oshirilgan xatti-harakat. 
PRAGMATIZM
(yun. 
pragma
– ish, faoliyat, amaliyot) — amaliy va foydali natija 
beruvchi faoliyatnigina tan oladigan, politologiyaning nazariy - metodologik asoslaridan 
biri bo‗lgan falsafiy, ijtimoiy, siyosiy qarashlar tizimi. Asoschisi Pirs (XIX asrning 70-
yillari). 


224 
PRAKSIOLOGIYA 
(yun. faoliyat bilan bog‗liq) — sotsiologik tadqiqotlar 
yo‗nalishi. U faoliyat yoki faoliyatlar birligini ularning samaradorligi nuqtai nazaridan 
o‗rganadi. 
PRAYMERIZ 
— AQSHda dastlabki saylovlarni o‗tkazish orqali deputatlikka 
nomzodni ko‗rsatish. Tegishli partiyani qo‗llab-quvvatlovchi saylovchilar saylov 
o‗tkazish yo‗li bilan o‗zlari qo‗llab-quvvatlagan nomzodni deputatlikka nomzod sifatida 
tavsiya etishni hal etadilar. Ochiq praymerizda saylovchi o‗zining biror-bir partiyaga 
mansubligini isbotlashi shart emas. Saylovchi qaysi partiyaning nomzodiga ovoz 
bermoqchi bo‗lsa, saylov bo‗yicha mas‘ul bo‗lgan shaxsdan o‗sha partiyaning saylov 
byulletenini oladi. Yashirin praymerizda esa saylovchi o‗zining muayyan partiyaga 
mansubligini isbotlashi kerak: qasamyod keltirishi yoki kelajakdagi saylovlarda aynan 
shu partiyaga ovoz berish uchun bayonot berish zarurdir. 
PREAMBULA
(lot. 
praeambulus 
– oldinda boruvchi, fr. kirish so‗zi) — xalqaro 
shartnoma yoki bitimning kirish qismi bo‗lib, unda odatda prinsipial qoidalar va sabablar, 
shartnomani tuzish uchun asoslar bayon etiladi.
PREFEKT 
(lot. boshliq) — qadimgi Rimda va ba‘zi zamonaviy davlatlarda 
mansabli kishilarning nomi. Mas., Fransiyada prefekt - departamentdagi yuqori mansabli 
kishi bo‗lib, unga politsiya bo‗ysunadi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin