Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


POLITOLOG  — siyosat sohasidagi mutaxassis.  POLITOLOGIYA



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə293/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   462
LUG\'AT

POLITOLOG 
— siyosat sohasidagi mutaxassis. 
POLITOLOGIYA
(yun. 
politika
– davlat yoki ijtimoiy ishlar, 
logos
– ta‘limot- 
siyosat haqidagi ta‘limot) — siyosat, siyosiy munosabatlar, institutlar, me‘yorlar, 
dunyoqarash v.h. to‗g‗risidagi integrativ fan. Uning siyosiy mohiyati jamiyatning siyosiy 
hayoti va siyosiy munosabatlarida ro‗y beradigan voqea-hodisalar, o‗zgarishlarni ilmiy-
nazariy jihatdan asoslab berish bilan belgilanadi. XIX asrning ikkinchi yarmida deyarli 
bir vaqtda AQSHda va g‗arbiy Yevropada shakllandi. Ob‘ekti - jamiyat hayotining
siyosiy sohasi; predmeti - siyosiy hokimiyat shakllanishi, amal qilishi va o‗zgarishi 
qonuniyatlari. Funksiyalari - nazariy-bilish, dunyoqarashni shakllantirish, metodologik, 
boshqarish, bashorat, baholash. 
POLITSIYA 
(nem. 
polizei
; yun. 
politeia
– davlat tomonidan boshqarish, 
ma‘muriyat) — 1) jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurash bo‗yicha 
tuzilgan maxsus organlar tizimi. P. huquqbuzarlikning ayrim turlari yuzasidan tekshiruv 
ishlarini olib boradi; 2) harbiy P. - ayrim davlatlar (AQSH, Buyuk Britaniya, GFR va b.) 
qurolli kuchlaridagi xizmat turi, yo‗l harakatini nazorat qiladi, qochoqlar (dezertirlar)ni 
ushlash, jinoyatlarni tekshirish va b.ni amalga oshiradi; 3) RF.da 1993-yil Soliq P.si 
tuzilgan; 4) Oktabr to‗ntarishigacha Turkiston general-gubernatorligida ham P. bo‗lgan. 
Mas., Toshkent shahrida Yangi shahar va Eski shaxar P. boshqarmasiga bo‗lingan. P. 
shtati 307 kishidan iborat bo‗lgan. O‗zbekiston Respublikasida militsiya P. funksiyasini 
bajaradi. 
POLYARIZATSIYA 
— ijtimoiy guruhlar yoki muayyan bir jamiyatning ikkita 
asosiy qutbga bo‗linib ketib, ular o‗rtasidagi keskin qarama qarshilik holatlarining 
yuzaga kelishi. 
POPULIST YETAKCHI 
— siyosiy yetakchik turlaridan biri bo‗lib, u xalq 
muhabbatini tez qozona oladi, negaki u odamlarning intilishlari, ehtiyojlari, dardu - 
alamlarini bayon etadi. Populist yetakchi ommaning noroziligi, g‗azabi, xissiyotlariga 
tayanib qandaydir dolzarb g‗oyani targ‗ib qiladi. Mas.,; imtiyozlarni bekor qilish, 


222 
millatchilik v.x. Ko‗pincha u murakkab muammolarni nihoyatda soddalashtirib 
ko‗rsatadi, o‗zi ilgari surgan shiorlar va g‗oyalarning ijtimoiy va siyosiy oqibatlarini 
jiddiy tahlil qilib ko‗rmaydi. U muammolarni "tez va oson hal qilish yo‗llarini taklif 
egtanida, haqiqatan o‗zi ega bo‗lgan imkoniyatlardan emas., xalqqa ma‘qul gap aytib o‗z, 
obro‗sini ko‗tarish maqsadidan kelib chiqadi. Ammo siyosatda oson yo‗llar yo‗q. 
Populizm keng quloch yoyishining sabablaridan biri esa fuqarolarning siyosatdan, 
mulkdan begonalashganligi, xilma - xil va‘dalarga onson ishonishidir. Bunday vaziyatda 
chuqur o‗ylab, tahlil qilib ko‗rilmagan va‘dalarini beruvchi siyosatchi o‗z mavqeini 
ko‗tarishini o‗ylar ekan, garovga mamlakat tinchligi va osoyishtaligini qo‗yishi ma‘lum. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin