223
jamiyat» nazariyalarida jamiyat texnika, ijtimoiy qatlamlar, siyosat, ma‘naviy qadriyatlar
singari omillarning o‗zaro ta‘siriga asoslangan tizim sifatida qaraladi; iqtisod «hayot
sifati» ni yaxshilash uchun yo‗naltiriladi; ijtimoiy dasturlar kengaytiriladi. Ziddiyatlar va
ihtiloflar ijtimoiy-sinfiy munosabatlar sohasidan jamiyatning industrial va postindustrial
sohalari o‗zaro munosabatlari, iqtisod va madaniyatga ko‗chadi. Shuningdek,
insonlarning tezkor texnologik o‗zgarishlarga moslashishi muammolari bilan bog‗liq
keskinliklar ham mavjud. P.j.da xizmat sohalarining ahamiyati ortadi, fan va ta‘lim
asosiy o‗rinni egallaydi; ijtimoiy tizimda yetakchilik mavqei olimlar va kasb
mutaxasisslariga o‗tadi; nazariy bilim yangiliklar kiritish va siyosatni shakllantirish
manbai bo‗lib xizmat qiladi; axborot olish, tarqatish va undan foydalanish jamiyat
faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: