Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə392/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   462
LUG\'AT

URUSH FALSAFASI 
— tadqiqotchi va olimlarning urush to‘g‘risidagi qarshlari 
va ta‘limotlari tushuniladi. Mas., K.Fon Klauzivetsning aytishicha, urush siyosatning 
boshqa vositalarining davomi hisoblanadi. Unga ko‗ra, urush siyosatni tinchlikka 
eltuvchi vosita sifatida inkor qilmaydi; G.Gegelning fikriga ko‗ra, urush insoniyatning 
tarixi hisoblanadi. Chunki deb yozadi Gegel: ―Boshqa mavjudotlarning hayoti instinktiv 
kurashlardan iborat. Lekin inson bunday emas., u nafaqat o‗zining biologik ehtiyojlarini 
qondirishni xohlaydi, balki uni kimdir tan olishini va unga bo‗yso‗nishini ham xohlaydi 
 URF-ODAT VA RASM-RUSMLAR 

 
kishilar turmushiga singib ketgan, doim 
takrorlanib turadigan hatti-harakat, ko‗pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor 
qoidalari va ko‗nikmalar.
 
USTAV 
(rus.) — muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi, 
korxona, tashkilot va h.k.ning tuzilishi, vazifasini yo‗naltirib turadigan asosiy qonun-
qoidalar majmui (mas., siyosiy partiya, kasaba uyushmasi U.lari va h.k.). U. yuridik 
shaxslarning asosiy ta‘sis hujjati hisoblanadi. Yuridik shaxs o‗z U.i asosida ish olib 
boradi. U. yuridik shaxs muassislari tomonidan tasdiqlanadi va davlat ro‗yxatidan 
o‗tkaziladi. U.da yuridik shaxsning nomi, uning joylashgan yeri, pochta manzili, yuridik 
shaxs faoliyatini boshqarish tartibi belgilab qo‗yilishi, shuningdek, ularda tegishli turdagi 
yuridik shaxslar to‗g‗risida qonunda nazarda tutilgan boshqa ma‘lumotlar bo‗lishi kerak. 
U.da yuridik shaxs faoliyatining sohasi va maqsadlari belgilab quyilgan bo‗lishi lozim. 
Ayrim hollarda xalqaro shartnomalar ham U. deb atalashi mumkin (mas., BMT Ustavi). 
UTILITAR RESURSLAR
— hokimiyatning asosini tashkil etuvchi vositalardan 
biri. Bu kishilarning kundalik ehtiyojlari va talablarini qondirish bilan bog‗liq bo‗lgan 
moddiy va boshqa ijtimoiy vositalardir. Bu vositalardan kishilarni rag‗batlantirish uchun 
ham, jazolash uchun ham foydalaniladi. 
UTILITARIZM 
(lot. 
utilitas
- foyda, manfaat) — barcha hodisalarini ularning 
faqat foyda keltirishi, muayyan maqsadga erishish uchun vosita bo‗lib xizmat qilish 
imkoniyati nuqtai nazaridan baholash prinsipi; Fanlarda foyda, samaralilikning bosh 
tamoyil ekanligidan kelib chiqadigan yo‗nalish; Inson faoliyatining asosida foydaga 
erishish, oqillik yotishini asoslovchi nazariyalar. Asoschisi U.Bentam. 
UTOPIYA 
(yun. 
utopia
- yo‗q joy, xayoliy joy, boshqa taxminlarga ko‗ra, 
eutopia

farovon joy) — ilmiy asoslab berilmagan ideal ijtimoiy tuzum tasviri; ilmiy fantastika 
janri; ijtimoiy katta o‗zgarishlarning noreal rejalari aks etgan barcha asarlarning atalishi. 


297 
―U.‖ termini T.Morning ―Utopiya‖ asari nomidan olingan. Bu tushuncha keyinchalik 
adolatli ijtimoiy tuzum timsoli - bir xayoliy mamlakat tavsifi sifatida qo‗llaniladigan 
bo‗ldi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin