Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə395/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   462
LUG\'AT

 
VAKILLIK
— bir shaxsning boshqa shaxs nomidan yuridik harakatlarni amalga 
oshirishi. V. asosan bir shaxs (vakil)ning vakolat bo‗yicha tuzgan bitimi; vakolat 
beruvchiga nisbatan fuqarolik huquq va majburiyatlarini bevosita vujudga keltiradi
o‗zgartiradi va bekor qiladi. Mazkur vakolat ishonchnoma, qonun, sud qarori yoki vakil 
qilingan davlat organining hujjatiga asoslangan bo‗lishi kerak. Fuqarolar fuqarolarga, 
yuridik shaxslarga V. qilishlari mumkin. Yuridik shaxs faqat o‗z ustavida ko‗zda tutilgan 
hollardagina yoki faoliyat xarakteriga muvofiq bo‗lgandagina fuqarolar yoki yuridik 
shaxslarning vakili bo‗lishi, muomalaga layoqatli shaxslar o‗zlari tanlagan vakillar orqali 
bitim tuzishlari mumkin. Bitim o‗z xarakteriga ko‗ra faqat shaxsan tuzilishi mumkin 
bo‗lgan hollar, shuningdek qonunda ko‗rsatilgan hollar bundan mustasno. Muomalaga 


300 
layoqatsiz fuqarolar nomidan bitimni ularning ota-onalari, farzandlikka oluvchilari va 
vasiylari tuzadi. 
VAKILLIK DEMOKRATIYASI
— 1) saylanadigan vakillik davlat hokimiyati 
yoki mahalliy o‗zini o‗zi boshqarish organlari hamda davlat yoki mahalliy o‗zini o‗zi 
boshqarish organlariga saylanadigan mansabdor shaxslar tizimining mavjudligi. Ya‘ni, 
bu yerda so‗z aholining bir qismi yoki tegishli hudud butun aholisining vakillaridan 
(deputat, prezident, gubernator, munitsipal tuzilmaning rahbari) iborat organlar haqida 
boradi. Ko‗pgina tadqiqotchilar V.d. ni faqat vakillik muassasalari (parlament, deputatlar 
yig‗ilishi va boshqalar) bilan bog‗liqlini ta‘kidlaydilar. Mamlakat aholisi o‗zlarining 
manfaatini ifodalaydigan yana boshqa mansabdor shaxslarni ham saylaydilar. Vakillik 
organlari ham mansabdor shaxslar ham o‗zlarining maxsus belgilangan funksiyalarini 
bajarish uchun saylanishlari va ularni qaytarilishlariga haqqi yo‗qligi boshqa masaladir. 
2) Saylangan shaxslar bilan saylovchilar o‗rtasidagi aloqa va o‗zaro munosabatlarni 
ifodalovchi demokratik institutlarning tizimi. Deputatlar mansabdor shaxslarning aholi 
bilan doimiy ravishda uchrashuvlar o‗tkazishi, ularda o‗zlarining faoliyati va tegishli 
vakillik organi, ijro etuvchi apparat tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar bo‗yicha 
tushuntirishlar berishidir. Bu deputatlar va mansabdor shaxslarning siyosiy partiyalar
harakatlar bilan aloqada bo‗lishi, jamoatchilikka tayanishi va hokazolardir. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin