Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   462
LUG\'AT

DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMI 

 
davlat organlari jamiyat siyosiy 
hayotining barqarorligi va tartibini ta‘minlash imkonini beruvchi usullar, vositalar, 
mexanizmlar birligi. Davlat boshqaruvi tizimi
 
rivojlanishi davlat hokimiyatining 
bo‗linishi hamda markaz va mintaqalar manfaatlarining birligi va o‗ziga xosligi 
tamoyillariga asoslanadi. Davlat rivojlanishning umummilliy ustuvor yo‗nalishlarini, 
ichki va tashqi siyosat tamoyillarini, mahalliy davlat organlari vakolatlarini hamda o‗z-
o‗zini boshqaruv organlari faoliyati chegaralarini belgilab beradi. 
DAVLAT BOSHQARUVI USULLARI
— davlat tomonidan boshqaruv 
sohasidagi vazifalar qanday hal qilinishi tushuniladi. Ular boshqaruv faoliyatini sifat 
tomonini belgilab beradi. SHuning uchun ham boshqaruv sifatini yaxshilash, uning 
samaradorligini oshirish ko‗p jihatdan boshqaruv usullarini takomillashtirishga 
bog‗liqdir. Davlat o‗z oldiga qo‗yilgan maqsadlarga erishish yo‗lida hamda vazifa va 
funksiyalarni bajarish uchun turli xil usullardan foydalanadi. Ishontirish va majburlash 
keng tarqalgani ma‘muriy usullardir. 
DAVLAT BUDJETI 
— davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun 
mo‗ljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui. D.b. davlat ixtiyoridagi pul 
fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh bo‗g‗ini hisoblanadi. 
D.b. tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) budjeti (mamlakat miqyosidagi umumiy 
daromadlar va xarajatlar yig‗indisi) vamahalliy (munitsipal) budjet (hududiy tuzilmalar - 
o‗lka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va xarajatlari)ga bo‗linadi. Ikki 
turdagi budjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bog‗liq bo‗ladi. Davlat jamiyatga 
ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfsizlikni ta‘minlash, jamoat tartibini saqlash, atrof-muhitni 
himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatish va 
b.) ko‗rsatadi va bularning barchasi xarajat talab qiladi. Budjet daromadlari soliqlar, 
soliqdan tashqari yig‗imlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mulkini sotishdan 
yoki ijaraga berishdan kelgan mablag‗lardan shakllanadi.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin