Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   462
LUG\'AT

DAVLAT SIRI 
oshkor etilishi taqiqlangan, davlat ahamiyatiga ega bo‗lgan 
ma‘lumotlar. Ular maxsus ro‗yxatlar bilan belgilab qo‗yiladi. D.s. davlat, harbiy va 
xizmat siriga bo‗linadi. Muhimlik darajasiga ko‗ra «alohida muhim», «butunlay maxfiy» 
va «sirli» turlarga bo‗linadi. O‗zbekiston Respublikasida D.s. hisoblanadigan 
ma‘lumotlar ro‗yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O‗zbekiston 
Respublikasining 1993-yil 7-maydagi ―Davlat sirlarini himoya qilish to‗g‗risida‖gi 
qonuniga binoan o‗rganiladi. 
DAVLAT SIYOSIY BOSHQARMASI 
(GPU) — sho‗rolar davlati xavfsizligini 
muhofaza qilish maqsadida 1922-yilda Butun Rossiya favqulodda komissiyasi (VCHK) 


57 
o‗rniga tuzilgan. 1923-yildan Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (OGPU) deb ataladi. 
Bu organ sobiq Ittifokda, jum. O‗zbekistonda siyosiy qatag‗onlar uyushtirgan.
DAVLAT SOTSIALIZMI 
— 1) sotsializmga burjua davlatining ijtimoiy-iqtisodiy 
tadbirlari orqali erishish mumkinligini targ‗ib etuvchi reformistik nazariya. 2) Sobiq 
sotsialistik mamlakatlarda amalda mavjud bo‗lgan sotsializm. D.s. nazariyasi 19 a. ning 
2-yarmida Germaniyada tarqaldi. Uning asoschisi nemis iqtisodchisi K.I.Rodbertus 
Yagetsov bo‗lib, uning qarashlariga ko‗ra, insoniyat jamiyati kommunizm sari rivojlanib, 
o‗z yo‗lida davlatning rivojlanish bosqichlari va mulkchilik shakllari bilan belgilanadigan 
3 davr («antik davr», «feodalizm va kapitalizm», «kommunizm»)ni bosib o‗tadi. «Antik 
davr» negizini odamga mulkchilik, «feodalizm va kapitalizm» davrini yerga va kapitalga 
mulkchilik, «kommunizm»ni mehnatga va ish haqiga mulkchilik belgilaydi. U davlatni 
jamiyatning «kommunizm»ga evolyutsion o‗tishini harakatlantiruvchi kuchi bo‗lgan 
ideal tashkilot tarzida talqin qiladi. G.Shmoller, L.Brentano, A.Vagner, V.Zombart va b. 
ham D.s. g‗oyalarini targ‗ib etganlar. D.s. asoschilari sotsializm deganda iishlab 
chiqarish vositalari va iqtisodiyotning islohotlar yo‗li bilan davlatlashtirilishini tushunar 
edilar. Shu sababdan ular 1873-yildagi iqtisodiy tanglik davrida Prussiya t.y. 
kompaniyalarini halokatdan qutqarib qolish uchun uning davlat ixtiyoriga olinishi, boj 
tarifi o‗rnatilishi, tamaki monopoliyasi, spirtli ichimliklarga soliq, ba‘zi liberal 
islohotlarni sotsializmning amalga oshirilishi deb talqin qilgan. D.s. nazariyasiga 
inqilobiy sotsializm nazariyasi asoschilari K.Marks va F.Engels qarshi chiqib, sotsializm 
faqat sotsialistik inqilob, ishchilar sinfi hokimiyatining o‗rnatilishi va ishlab chiqarish 
vositalarining deyarli hammasini sotsialistik mulkka aylantirish natijasidagina amalga 
oshirilishi mumkin degan g‗oyani ilgari surganlar. Biroq Rossiyadagi Oktabr to‗ntarishi 
bilan boshlangan va 1917-1991 yillarda o‗tkazilgan sotsialistik eksperiment Marks 
g‗oyalari asosida yarim-yorti shakllangan sotsialistik tuzum, o‗z mohiyati va tabiatiga 
ko‗ra haqiqatdan adolatli demokratik jamiyat bo‗lmasdan, amalda D.sdan iborat ekanini 
ko‗rsatdi. Sobiq Ittifoqdagi sovet sotsializmi ham, undan nusxa olgan boshqa 
mamlakatlardagi sotsializm ham haddan tashqari markazlashtirilgan boshqarishga 
asoslangan sotsializm edi. Mas., Ittifoqda ishlab chiqarish vositalarining 90% dan ortig‗i 
davlat mulki edi. Shuning uchun u ham haqiqiy demokratik erkin jamiyat bo‗la olmadi va 
pirovardida inqirozga uchradi. Hozirgi paytda mavjud sotsialistik mamlakatlar (Xitoy, 
Vetnam)da keng ko‗lamli demokratik islohotlar o‗tkazilmoqda. G‗arb mamlakatlaridagi 
sotsialistik va kommunistik partiyalar, ishchilar partiyalari (mas., Germaniya sotsial-
demokratik partiyasi, Buyuk Britaniyadagi leyboristlar partiyasi va b.) sotsialistik 
mafkuraning ko‗pgina tamoyillaridan voz kechdilar, ishlab chiqarish vositalarining 
mutlaq ko‗pchiligini markazlashtirish va davlatlashtirish kabi g‗oyalar bugungi kunda uz 
jozibasini butunlay yo‗qotdi. Chunki bunday D.s. hayot sinovidan o‗ta olmadi, lekin 
demokratik sotsializm g‗oyalari hali ham uchrab turadi. Kapitalizm ham o‗zini to‗laqonli 
demokratik va odil jamiyat sifatida namoyish eta olmaganligi sababli, turli mamlakatlar 
(Germaniya, Daniya, Shveytsariya va b.) da yangi sivilizatsiyaga, ijtimoiy-insoniy 
tuzumga o‗tish – umumdemokratik adolatli jamiyat qurish, uning boshqariladigan, 
ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish g‗oyasi vujudga keldi va uni 
hayotga joriy etish bo‗yicha samarali ishlar qilinmoqda, demokratik va iqtisodiy 


58 
islohotlar amalga oshirilmoqda. Inson manfaatlari ustun bo‗lgan, barcha kishilar uchun 
munosib insoniy hayot ta‘minlanadigan erkin jamiyat qurish yo‗lidan borilmoqda. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin