Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   462
LUG\'AT

DAVLAT TO„NTARISHI
— davlat hokimiyatini qonunda ko‗zda tutilmagan 
usullar bilan egallab olish. kuch ishlatib konstitutsiyaga xilof ravishda amalga oshirilgan 
to‗ntarish yoki konstitutsiyaviy (davlat) tuzimni o‗zgartirish, yoki davlat hokimiyatini 
kim tomonidan egallab olish (o‗zlashtirish). D.t. hokimiyatni tezlik bilan o‗zgartirish 
bilan farqlanadi va odatda strategik muhim obyektlarni, ya‘ni teleradiostansiyalar, 
hukumat binolari, qo‗mondonlik punktlari va b.larni egallashdan boshlanadi. Agarda D.t. 
armiyaning hal etuvchi ishtiroki bilan amalga oshirilsa, u holda bu harakat harbiy 
to‗ntarish deb ham aytiladi. Jiddiy qarama-qarshilik hollarida D.t. fuqarolar urushiga 
aylanib ketishi mumkin.
DAVLAT XAZINASI
— biror davlat korxonasi va tashkiloti tasarrufida bo‗lmagan 
davlat budjeti va b. davlat mulkiga daxldor mablag‗lar. 
DAVLAT XIZMATI
— davlat organlari vakolatlarining bajarilishini ta‘minlash 
bo‗yicha kasbiy faoliyat.
DAVLAT ZAYOMLARI 
— budjeti pul to‗plash maqsadida davlat nomidan sotish 
uchun chiqariladigan, davlatning qarzdorligini tasdiqlovchi qimmatli qog‗oz. Qarzni 
qoplash muddatlariga ko‗ra qisqa muddatli (1 yil), o‗rta muddatli (2-5 yil) va uzoq 
muddatli (5 va undan ko‘p yillik) D.z.lari bo‗ladi. Daromadliligiga qarab foizli va
yutuqli, tarqatilish joyiga qarab mamlakatning ichki va xorijiy davlatlarga kredit tarzida 
beriladigan tashqi zayomlar mavjud. 
DAVLATCHILIK 
— davlat sifatida uyushganlik. 
DAVLATNING HAYOTIY MUHIM MANFAATLARI
— O‗zbekiston 
konstitutsiyaviy tizimi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlab qolish va 
mustahkamlash; 
ijtimoiy 
jarayonlarning 
boshqarilishini 
ta‘minlash va milliy 
munosabatlarni uyg‗unlashtirish; barcha qonunlar so‗zsiz ijro etiladigan huquqiy, 
demokratik, davlatning mustahkam asosini yaratish; iqtisodiy salohiyatining rivojlanishi, 
mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligini ta‘minlash; teng huquqli va 
ikki taraflama foyda keltiruvchi hamkorlik asosida xalqaro aloqalarning samarali tizimini 
yaxshilash va rivojlantirish; mamlakatning har qanday tashqi agressiyani to‗xtatish va 
qaytarish qobiliyatini ta‘minlash.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin