55
DAVLAT NAZORATI
— davlat organlari chiqaradigan qonunlar va b.
huquqiy
hujjatlarga rioya qilinishini ta‘minlaydigan davlat hokimiyatini amalga oshirish
shakllaridan biri. D.n.ni turli organlar amalga oshiradi. Odatda nazorat vazifasi asosan
parlamentlarda to‗plangan, ammo keyingi o‗n-yillikda ko‗pgina
mamlakatlarda
parlamentdan tashqari, biroq parlament nomidan ish yuritadigan nazorat instansiyalari
keng tarqaldi (mas., ombudsman, hisob palatasi), ma‘muriy yustitsiya organlarining soni
va roli o‗sdi. Barcha davlatlarda moliya vazirligi keng nazorat huquqiga ega.
Hozirgi
kunda har bir mamlakatlarda o‗z D.n. tizimi shakllangan. Mas., AQSHda D.n.ni
Prezident, ijro etuvchi apparatiga kiruvchi organlar, AQSH kongressining qo‗mita va
komissiyalari amalga oshiradi, konstitutsiyaviy nazorat
AQSH Oliy sudi zimmasiga
yuklangan, nazoratchi boshchilik qiluvchi hisobdorlik bosh boshqarmasi moliyaviy
nazoratning maxsus idoralararo nazorat vazifasi ko‗pgina tarmoqli idoralar: MRB, FTB,
Mudofaa vazirligi va b.lar zimmasiga yuklangan.
DAVLAT ORGANI
— davlat mexanizmining tarkibiy qismi bo‗lib, u davlat oldida
turgan vazifa va funksiyalarning muayyan aniq qismini, yo‗nalishini amalga oshiradi va
shu maqsadda tegishli davlat-huquqiy vakolatlarga, zaruriy kompetensiyaga ega bo‗ladi
(mas.,
boshqaruv organlari, sud va nazorat organlari, armiya). D.o. bitta mansabdor
shaxsdan yoki muayyan yo‗sinda tashkillashgan mansabdor
shaxslar guruhidan iborat
bo‗lishi mumkin. D.o. subyektlariga ko‗ra, shakllanish usuliga ko‗ra, faoliyatini qamrab
oluvchi hududiga ko‗ra, kompetentlik xarakteriga, kompetensiyani amalga oshirish
usuliga,
qarorlar qabul qilishiga, mas‘ulligiga, faoliyatining yo‗naltirilganligiga ko‗ra
tasnif etish mumkin.
DAVLAT QARZI
— davlatning aholi, firma, tashkilot, banklar,
xorijiy moliya-
kredit muassasalari oldidagi qarz majburiyatlari. Davlat o‗z daromadlari bilan
xarajatlarini qoplay olmay qolganda budjet taqchilligi paydo bo‗ladi va u qarz ko‗tarish
yo‗li bilan qoplanadi. Davlat qarzni turli qimmatli qog‗ozlar, obligatsiyalar, zayomlar
chiqarib sotish, moliya muassasasi (bank)dan ssuda olish va b. usullar bilan oladi.
Dostları ilə paylaş: