DEMOGRAFIK SIYOSAT — mamlakat aholisi o‗sishini tutib turuvchi,
rag‗batlantiruvchi davlat yoki mintaqaviy siyosat.
DEMOGRAFIYA (yun.
demos – xalq va
grafia ) — har yili turli sabablarga ko‗ra
vafot etgan aholi o‗rnini yangidan dunyoga kelgan avlod hisobiga to‗ldirib borilishi
qonuniyatlarini ijtimoiy-tarihiy sharoitlarga bog‗liq holda o‗rganadigan fan.
DEMOKRATIK ONG —
har qanday bir yoqlamalikdan holi bo‗lgan eng
mukammal, oqilona siyosiy ong turidir. U ijtimoiy muammolarni umuminsoniy
qadriyatlar – o‗zaro birlik, tenglik, ishonch, hamkorlik, hamjixatlik asosida xal kilishga
intiladi. Demokratik ong ijtimoiy murosasizlikni, kuch ishlatishni – ijtimoiy ziddiyatlarni
bartaraf etishning hal qiluvchi usuli sifatida inkor qiladi. U ijtimoiy birlikni,
hamjixatlilikni, murosayu-madorani, o‗z faoliyatining asosiy usuli, deb qaraydi.
DEMOKRATIK TADBIRLAR — saylovlar, saylangan mansabdor shaxslarning
hisobotliligi, vakillarni chaqirib olish, qonun loyihalari va b. xujjatlarni umumxalq
muhokamasi, referendumlar, so‗rovlar, namoyishlar, yig‗ilishlar, s‘ezdlar, chet el
tashriflari va h.k. xalqning davlat va jamiyat ishlarida keng qamrovli va samarali
ishtirokini ta‘minlovchi tadbirlar. Ammo bularning mavjudligi hali jamiyatda
demokratlashtirish yalpi tus olganligini bildirmaydi.
DEMOKRATIK TAMOYILLAR — hokimiyat asosiy organlarining saylanishi,
siyosiy plyuralizm, qarorlarning ko‗pchilik ovozi bilan qabul qilinishi, kamchilikning o‗z
nuqtai nazariga ega bo‗lishi va uni oshkora ifodalash hamda himoya qila olish huquqi.
DEMOKRATIK TRANZIT — avtoritar siyosiy tizim doirasida demokratiyaga
o‗tishdir. Bunda avtoritar siyosiy tartibotlar demokratiyaga o‗tishning bir qator muhim
omilariga va institutlariga ega bo‗ladilar. Jum., avtoritarizmda iqtisod bozor
munosabatlariga asoslangan, mulkchilikning turli shakllari mavjud bo‗ladi, ular siyosat
tomonidan emas., o‗z qonuniyatlari bilan boshqarilali, Ularni faqat demokratik tamoyillar
asosida qayta qurish talab etiladi, holos. Ijtimoiy munosabatlar sohasida ham jamiyatdagi
qatlamlar, guruhlar tizimi shakllanib bo‗lgan va har birining manfaati saralanib bo‗lgani
holda (shu manfaatlar bosimi ostida) ular o‗rtasidagi munosabatlar, ta‘sir tamoyillarini
demokratik izga solish zarur bo‗ladi.