61
DEMILITARIZATSIYA
(
de...
va lot.
militaris
– harbiy) — xalqaro huquqda biror
xalqaro shartnomaga binoan muayyan hududdagi harbiy istehkomlar va inshootlarni
yo‗qotish hamda shu hududda harbiy bazalar va qurolli kuchlar saqlashni taqiqlash. To‗la
D. (Antarktida, Aland arxipelagi, osmon jismlari, shu jum. Oy va b.) va qisman D. (mas.,
yadrosiz zonalar tashkil etish) farq qilinadi. «D.» atamasi ba‘zida
birmuncha keng
ma‘noda ishlatiladi (mas., iqtisodiyotni D.lash).
DEMIURG
(yun. bunyod etuvchi, yaratuvchi, faol, serg‗ayrat kuch) — Qadimgi
Yunonistonda oliy hukumat vakili.
DEMOBILIZATSIYA
(
de...
va
mobilizatsiya
) — 1) qurolli kuchlarni va mamlakat
iqtisodiyotini harbiy holatdan tinchlik holatiga o‗tkazish; 2)
urush tugagandan keyin
harbiy qismlar, qo‗shilmalar va muassasalarning shaxsiy tarkibini qayta tuzish bilan
qurolli kuchlar shaxsiy tarkibini urushdan
oldingi holatga keltirish; 3) harbiy
xizmatchilarni urush tamom bo‗lishi bilan, shun., tinchlik davrida majburiy harbiy xizmat
muddati tugashi bilan armiyadan bo‗shatish; 4) ko‗chma ma‘noda – tayyorgarlik, faollik,
hushyorlik, ehtiyotkorlikning pasayishi.
Dostları ilə paylaş: