59
tarmog‗ini ishchi kuchi bilan ta‘minlash va shu kabilar aholining soni va sifatiga
(ularning umumiy ma‘lumotga egaligi, professional, ma‘naviy-siyosiy
tayyorgarligi va
b.lar). D.s.t. negizini iqtisodiyot, asosan, og‗ir sanoat va mashinasozlik, energetika va
transport tashkil etadi. D.s.t.
amalga oshirish mamlakat, fan-texnika taraqqiyoti, harbiy
jug‗rofiy omillarga bog‗liq.
DAXLSIZLIK HUQUQI
— ma‘lum doiradagi huquq subyektlarining huquqiy
normalar ta‘siridan ozod qilishni bildiruvchi umumhuquqiy ibora.
DEBAT
(fr. muhokama, tortishuv, fikrlar almashinuvi) — Parlamentdagi deputatlar
o‗rtasida qonunchilik masalalari bo‗yicha yoki hukumat faoliyati bo‗yicha
fikrlar
almashinuvining rasmiy o‗rnatilgan tartibi. Davlat hukumat faoliyatini matbuotda,
namoyish va yig‗inlarlarda jamoatchilik tomonidan muhokama qilingan holda ham
qo‗llanadi.
DEDUKSIYA
— umumiy, abstrakt xulosadan, aniq va xususiy faktlarga o‗tish
uslubi. U borliqdagi xodisalarni tushuntirish uchun nazariyalardan foydalanish imkonini
beruvchi jarayon. Mas., yana respublikamizdagi oliy qonunchilik organi –
Oliy Majlis
deputatlari muqobillik asosida saylangan xalqning eng ko‗zga ko‗ringan vakillaridir,
degan umumiy xulosaga asoslanadigan bo‗lsak va deputatlar ijtimoiy kelib chiqishi,
lavozimi, kasbi, ta‘lim darajasi kabi biografik ma‘lumotlarni o‗rganib, shu ko‗rsatkichlar
bo‗yicha taqsimlab chiqsak, xozirgi kunda O‗zbekistonda
qaysi ijtimoiy qatlamga
mansub, yoshi, kasbi, ma‘lumot darajasi qanday bo‗lgan odamlar xalqning ishonchiga
ko‗proq egaligi to‗g‗risidagi aniq ma‘lumotlarga ega bo‗lamiz.
Dostları ilə paylaş: