DEMOKRATIYA (yun.
demos – xalq va ...
kratus - hokimiyat) — fuqarolar
erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va
shakllari amalda o‗rnatilgan va yuzaga chiqarilgan siyosiy tuzum. D. davlat bilan inson
munosabatlarini belgilaydi. D.ning asosiy talablari: ko‗pchilik hokimiyati, fuqarolar teng
huquqligi, ular huquq va erkinliklari himoyalanganligi, konstitutsiya va qonunlarning
ustuvorligi, hokimiyatning bo‗linishi, davlat boshlig‗i va vakolatli organlarning saylab
qo‗yilishi. D.ning bevosita D. (asosiy qarorlar yig‗ilishlarda bevosita barcha fuqarolar
tomonidan yoki referendumlar yo‗li bilan qabul qilinadi) va vakillik D.si (karorlar saylab
qo‗yiladigan organlar tomonidan qabul qilinadi) shakllari bor. Kishilik jamiyati paydo
bo‗lgandanoq, D.ning kurtaklari bor edi va u hozir eng taraqqiy etgan mamlakatlarda
ham o‗zining so‗nggi cho‗qqisiga erishganicha yo‗q. Davlat bilan birga vujudga kelgan
D. insoniyat tarixi davomida turli milliy-madaniy shart-sharoitlarga moslasha borgan.
Har bir davlatda, millatda o‗ziga xos qadriyatlar, mentalitet, an‘analar mavjuddir. Ular
jamiyatdagi demokratik jarayonlarga katta ta‘sir ko‗rsatadi, binobarin demokratik
muassasalarni shakllantirishda mazkur omillar, albatta, hisobga olinadi. Demokratik
davlatda inson manfaati, qadr-qimmati, hayoti har narsadan yuqori turadi. Bunday davlat
o‗zini o‗zi boshqarish, ko‗ppartiyalilik, ommaviy axborot vositalarining erkin bo‗lishi,
fikrlar xilma-xilligiga sharoit yaratadi. Biroq D. hamma narsada xohlagancha erkinlik
emas., qonunga asoslangan erkinlikdir. D.ning ajralmas qismi intizom, qonunlarni hurmat
qilish, boshqalarning haq-huquqini himoya qilishdir. D. tartibotlari huquqiy davlatda
mukam mal rivojlanib boradi. O‗zbekiston mustaqillikka erishgach, demokratik huquqiy
davlat va bozor iqtisodiyotini qaror toptirish yo‗lida katta qadam qo‗ydi. Demokratik
tartibotlarni qayotga olib kiruvchi, demokratik siyosiy tizim tarkibiy tuzilmalarini hamda
fuqarolik jamiyati bo‗g‗inlarini vujudga keltiruvchi, inson huquqlari kafolatlari tizimini
qaror toptiruvchi qonunlar qabul qilinib, amalda ishlay boshladi. Hozirgi vaqtda
demokratiya – xalqni hokimiyat manbai, deb e‘tirof etuvchi, fuqarolar tengligi, ozchilik
huquqlarini himoyalovchi, davlatning asosiy organlari – saylovlar natijasida
shakllanuvchi siyosiy tizim turi sifatida tushuniladi. Demokratiyaning jamiyat hayotini
tashkil etish usuli sifatidagi eng muhim afzalliklari unda boshqa boshqaruv usullariga
nisbatan hokimiyatni cheklash, uning barqarorligini saqlash va uni bir qo‗ldan
ikkinchisiga o‗tishi mexanizmlarining atroflicha ishlab chiqqilganidir. Mana shu
xususiyatlari, hamda jamiyatdagi ixtiloflarni tinch yo‗l bilan muhokama, yon bosish,
kelishuv orqali hal qilishga asoslanganligi – bugungi kunda ko‗p mamlakatlar uchun
demokratiyani jozibali va ma‘qul rivojlanish yo‗liga aylantirmokda. Demokratiyaning
liberal, konservativ, populistik, kommunistik va anarxisik talqinlari, plyuralistik va elitar
konsepsiyalari, to‗g‗ridan-to‗g‗ri va vakillik demokratiyasi to‗g‗risidagi g‗oyalar, bir
qancha modellari mavjud.